“Beeline” roumingi dunyoning 182 mamlakatida amal qiladi

Eng yirik aloqa operatori «Beeline» (“VimpelCom Ltd” O’zbekistonda) xalqaro ovozli rouming xizmatlari dunyoning 182 ta mamlakatidagi 462 ta operator tarmog‘ida amal qilishi haqida xabar beradi.

“Bir necha yil davomida hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish ustida muntazam ravishda ish olib borish natijasida, biz birinchi raqamli rouming-operator bo‘lib qolmoqdamiz, – qayd qildi Unitel texnik direktori Denis Kotlyarenko. – Bugungi kunda bizning mijozlarimizda nafaqat vatanimizda, balki boshqa mamlakatlarda ham, keng miqyoli xizmatlardan foydalana olish imkoniyati borligidan xursandmiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn’ 2010 yilda rouming-hamkorlar soni bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi o‘ringa chiqqan. Kompaniya, shuningdek GPRS-rouming (133 ta mamlakatda 300 ta operator), 3G-rouming (119 ta mamlakatda 228 ta operator) va CAMEL-rouming (dunyoning 89 ta mamlakatida 187 ta operator) segmentlarida yetakchilik qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system