O‘zbekistonda Huawei kompaniyasi rahbari Chjao Szyanpin bilan suhbat
05.01.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

huawei_25_11_2013

Faxr bilan ayta olamanki, Huawei kompaniyasi infokommunikatsiya yechimlari sohasida jahonda yetakchi hisoblanadi. Mijozlarimiz talab-ehtiyojlarini qondiridh hamda hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ishlanmalarimiz evaziga telekommunikatsiyalar tarmog‘i, terminallar va bulutli hisoblash tizimlari sohasida yuqori natijalarga erishdik.

O‘tayotgan 2013-yil yuqori darajada sermahsull bo‘ldi. Global darajada operatorlar uchun yechimlar sohasida, korporativ segmentda, shuningdek, terminal qurilmalar sohasida bir qator yuqori natijalarga erishdik. Yer kurrasining uchdan bir qismi bizning mahsulotlardan hamda jahonning 140dan ortiq mamlakatlari yechimlarimizdan foydalanadi.

Huawei Tashkent ofisi sezilarli muvaffaqiyatlarga erisha olganligini ham ta’kidlashim lozim. O‘zbekistonda 15 yillik ish tajribasiga ega bo‘lib, bu yil respublikaning yetakchi operatorlari — «O‘zbektelekom» AK, «Unitel» MCHJ (savdo belgisi «Bilayn»), «Coscom» MCHJ (savdo belgisi Ucell), Perfectum Mobile, East Telecom, EVO va boshqalar bilan o‘zaromanfaatli hamkorlikni davom ettirdik.

Bu yil korporativ segmentda kompaniyamizga katta ishonch bildirilib, SCADA tizimini hamda O‘zbekiston-Xitoy gazoprovodi qurilishi loyihasi uchun telekommunikatsiyalar yetkazib berish va qurish bo‘yicha shartnoma imzolanganligini alohida ta’kidlashni istardim.

Biz smartfonlar, planshetlardan iborat — terminal qurilmalar sohasidagi brendimizni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Kompaniyamiz bu sohada johondagi ishlab chiqaruvchilarning yetakchi uchligiga kirishga intiladi, ilmiy-tadqiqotchilik markazlari, dasturchilarimizning kuch-g‘ayratlarini shu maqsadga yo‘naltirganmiz. Bu yil O‘zbekiston aholisi ko‘proq Huawei telefonlari va planshetlarini tanlab olayotganlari bizni quvontiradi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Huawei Device sahifasi obunachilari sonining o‘sish ko‘rsatkichi ham shunday barqaror ekanligini ta’kidlab o‘tishni xohlardim.

«Huawei Tech Investment Tashkent» MCHJ faoliyati O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar industriyasining barcha sohalarida yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, mamlakatni axborotlashtirish va iqtisodiyotining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Hozirgi vaqtda Toshkentdagi kompaniya ofisida 200 xodim faliyat yuritadi, ularning 80% — O‘zbekiston fuqarolaridir.

Huawei Toshkent O‘zbekiston ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi. Masalan, kompaniya an’anaviy axborot texnologiyalari ICTExpo Milliy ko‘rgazmasining doimiy ishtirokchisidir. 2013-yilda yangi ishlanmalarni namoyish etishga qaratilgan harakatlarimiz ko‘rgazma tashkilotchilarining alohida e’tiboriga sazovor bo‘lib, kompaniyamizga «Eng innovatsion stend» uchun mukofotlandi.

Bu yil biz Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) talabalari hamda o‘qituvchilariga stipendiyalar taqdim etib, rag‘batlantirish bo‘yicha tashabbusimizni davom ettirdik. Bundan tashqari, Huaweining elektron ta’lim sohasidagi imkoniyatlarini keng namoyish etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekistonda elektron ta’limni joriy etish dasturini amalga oshirish uchun Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga bepul uskunalar taqdim etildi.

Fursatdan foydalanib, Huawei kompaniyasi nomidan barcha hamkorlarni hamda hamkasblarni, infoCOM.UZ jurnalining barcha jurnalxonlarini kirib kelayotgan Yangi 2014-yil bilan muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik va omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq