«Intelligent Solutions» kompaniyasi ijrochi direktori Yelena Atlanova bilan suhbat

intelligent_23_12_2013

O‘tayotgan yil bizni barcha sohamiz uchun hayotiy muhim ahamiyatga molik bo‘lgan mamlakatimizda xalqaro standartlarga muvofiq va dasturchilarimiz tomonidan sifatli, raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilishi doirasini kengaytirishga rag‘batlantiruvchi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uchun dasturiy ta’minotni yanada rivojlantirishga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042 sonli Qarorining qabul qilinishi bilan quvontirdi.

Qaror bilan mustahkamlangan ichki va tashqi bozorda dasturiy mahsulotlarni ilgari surushda hamkorlik hamda dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar Milliy reyestrining yaratilishi, ayniqsa, ruhlantirdi. Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarning Milliy reyestrga kiritilgan barcha turdagi soliqlardan hamda o‘z ehtiyoji uchun olib kelingan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar va texnologik hujjatlashtirish, dasturiy ta’minot uchun bir qator bojxona to‘lovlaridan, davlat tomonidan ozod etilishi biz uchun juda muhimdir.

Faoliyatimizda quvonchli holatlar ko‘p bo‘ldi. Agar raqamlar bilan gapiriladigan bo‘lsa, taqdim etadigan xizmatlarimiz doirasi ro‘yxatini kengaytira oldik, ishlab chiqarish hajmi esa o‘tgan davr bilan solishtirilganda ancha oshdi. Mazkur muvaffaqiyatlar amalda shu bilan namoyon bo‘ladiki, 2013-yilda bir necha yirik tizimlar sanoat foydalanishi bosqichiga kiritildi.

intelligent_23_12_2013_1

Mart oyida «IS Docflow – hujjatlarni boshqarish va ish yuritish jarayonlarining avtomatlashtirilgan tizimi» «Qizilqumsement» OAJ’ga joriy etildi, tizimga zavod tuzilmasi bo‘linmalaridan ikki yuzga yaqin foydalanuvchi, jumladan, olisda joylashgan hududiy sexlar ulandi. Ishlab chiqarishni hujjatlashtirilishining yagona axborot muhiti yaratildi, ish yuritish sohasining bosqichma-bosqich qog‘ozsiz turiga o‘tish ta’minlandi. Tizimlarni amaliyotga joriy etish yuqori turuvchi vazirliklar yilning uchinchi choragida amalga oshirilgan vazifalarning tekshirilishi bilan samaradorliligi tasdiqlandi, ularning natijasida zavod tarmoqdagi yetakchilik darajasiga chiqib oldi.

2013-yil aprel oyida kompaniya tomonidan yangi «IS Docflow – hujjatlarni boshqarish va ish yuritish jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimi» mexanizmlarini ishlab chiqish yakunlandi va Navoiy viloyati hokimiyatida sinovdan o‘tkazish uchun o‘rnatildi. Tizim doirasida viloyat hokimiyati tasarrufidagi turli tuzilmalar tashkilotlariga elektron murojaat imkoniyati amalga oshiriladi. Yilning ikkinchi yarmi oxiridan mazkur tuzilmaga yana bir «IS TEST bilimlarini baholashning avtomatlashtirilgan tizimi» joriy etildi. Tizim nomzodlarning bilimlarini tekshirish jarayonida axborotli qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi, testli topshiriqlarni tezkor ishlab chiqish va jamlashga imkon beradi, testli sessiyalarga nomzodlar ro‘yxatini va o‘tkazish jadvalini tayyorlaydi, on-line rejimini baholash hamda natijalarni statistik qayta ishlaydi.

intelligent_23_12_2013_2

Shuningdek, «IS TEST bilimlarini baholashning avtomatlashtirilgan tizimi» DK «Xalq banki»da bank mutaxassislarning kompyuter bo‘yicha savodxonligini oshirish uchun hamda yangi xodimlarni ishga olishda bilimlarini baholash vositasi sifatida joriy etilgan.

«O‘zbekiston Erishi qiyin va issiqqa chidamli metallar kombinati» OAJ’da joriy etish uchun «IS Docflow – hujjatlarni boshqarish va ish yuritish jarayonlarining avtomatlashtirilgan tizimi»ni ishlab chiqdik. Unga tizim osti «Ichki yozishmalar» tizimi kiritilgan bo‘lib, kombinat xodimlariga aniq bir vazifa yuzasidan jamoaviy ishlash imkoniyatini beradi, «SMS – markaz» esa o‘z vaqtida ish joyida bo‘lmagan xodimlarni tezkor amalga oshirish uchun hujjat kelib tushganligi haqida xabardor bo‘lish imkonini beradi.

Kompaniyamizning ish darajasi sifatini UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish Markazi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan «Xalq banki»da AKT’ni rivojlantirish va joriy etish jarayoni o‘rganilishi tasdiqladi. Bank faoliyati biznes-jarayonlarini yanada optimallashtirish va reinjiniring uchun o‘tkazildi hamda o‘z ichiga bank faoliyatida hujjat almashishni tekshirish bo‘yicha kompleks ishlarni qamrab oldi. Natijada amaldagi reglament va qoidalarga muvofiq elektron hujjat almashishni tashkil etishga muvofiq ijobiy baho berildi.

intelligent_23_12_2013_3

Mahalliy kompaniyalar bilan birga an’anaviy IT-ko‘rgazmasida o‘z ishlanmalarimizni namoyish etdik. Best Soft Uzbekistan 2013 dasturiy mahsulotlar VII Forum-ko‘rgazmasida ko‘plab foydali va qiziqarli ishlanmalarimiz e’tiborga sazovor bo‘ldi. Dasturiy mahsulotlarni loyihalashtirish va joriy etishda yetakchi mutaxassislar bilan tajriba almashdik, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ko‘rgazma stendining o‘zida namoyish etdik va ikki shartnomani imzoladik.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi yirik loyiha – Qon xizmati avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlanmalarini tayyorlash va sinovdan o‘tkazish ishlari rejalashtirilgan muddatda yakunlandi. Hozirgi davrda butun respublika miqyosida joriy etish boshlanadi.

Yana bir necha vazifalar – xorijiy aviakompaniyalardan yo‘lovchilar va yuk tashish uchun «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK aviakompaniyasi elektron hisobotini qayta ishlash imkonini beruvchi yangi dasturiy ta’minot ishlanmalari va ularning foydalanishga kiritilganligi, shuningdek, fayllar va BSP-agentlari aviabiletlarining sotuvi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini avtomatik shakllantirish – HOTni qayta ishlash uchun yangi dasturiy ta’minot bajarilganligi bilan faxrlanamiz. Bundan tashqari, rejalashtirish-iqtisodiyot bo‘limi va ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmatini «Toshkent xalqaro aeroporti» yagona axborot ma’lumotlar bazasiga ulandi, barcha aviakompaniyalar yo‘nalishlari bo‘yicha istalgan vaqt mobaynida, barcha amalga oshirilgan reyslar monitoringini o‘tkazish va aeroport xizmatlarining turli reyestrini shakllantirish imkonini beruvchi ma’lumotlar bazasining zamonaviy boshqaruv tizimidan foydalanib, dasturiy ta’minotlar ishlab chiqdi.

2014-yil rejalarini shakllantira turib, o‘zimizning firma yaxshi dasturiy yechimlarining rivojlanishida to‘xtab qolishni mo‘ljallamaganmiz. Ishlanmalarimiz texnologiyalarini takomillashtirish, shuningdek, ichki korporativ strukturamizni xodimlar bilan to‘ldirish, ularni o‘qitish va qayta o‘qitishga intilamiz.

Oldinda esa – qish faslidagi sevimli bayramimiz. «Intelligent Solutions» jamoasi barcha mijozlari, hamkorlari, hamkasb va albatta, infoCOM.UZ jurnali muxlislarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan muborakbod etadi. 2014-yil ham barchaga qiziqarli loyihalar, yangi quvonchli hodisalarni in’om etadi.

Orphus system