Cron Telecom Ltd kompaniyasi direktori Baxtiyar Mushurov bilan suhbat

cron_25_11_2013

2013-yilo‘zining mantiqiy yakuniga yetdi, demak, yakuniy xulosalarni chiqarish mumkin. Kompaniya tomonidan o‘tgan yilda yanada ko‘plab abonentlarga xizmatlarimizdan foydalanish imkonini beeruvchi, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini modernizatsiya qilish va yaxshilash hamda yangi ATS’larga uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Umumiy magistral kanalining o‘tkazish qobiliyatini oshirish ishlari ham amalga oshirildi.

cron_25_11_2013_1

Kompaniyamiz sifatli servis mavqeiga ega, bu esa mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida juda muhimdir. Aslida, suning evaziga biz mazkur mavqega erishdik. Aytish mumkinki, yaxshi uskunalar bilan barchasi barqarorlashib, yaxshi ishlaydi deb o‘ylaymiz. Biroq doim ham shunday bolavermaydi. Yana ishnng qanday bajarilishini ham bilish zarur. O‘z ishida fidoyi malakali xodimlarning jamlanganligi – bu muvaffaqiyatning asosiy garovidir. Bizning holatda bu serg‘ayrat va tashabbuzkor, yosh jamoamizdir.

Tund kayfiyatda bo‘lish va o‘z xatolarini tan olishdan cho‘chish mumkin emas, mijozlar bilan muloqotda bo‘lish zarur. Ehtimol, bu sezilarli bo‘lsa kerak. Minnatdorchilik bildirgan holatlar haqiqatdan ham juda yoqimli bo‘ladi.

Ishlarimizda qiyinchiliklar bo‘lib turadi. Afsuski, oson ishning o‘zi bo‘lmaydi. Biroq biz kamdan-kam holatda band bo‘ladigan texnik qo‘llab-quvvatlash telefonlaridan har qanday e’tirozlarni qabul qilish va ularga javob qaytarishga tayyormiz. Ishimizdagi har qanday kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga harakat qilamiz. Doim yordam berish, tushuntirish, so‘zlab berishga tayyormiz.

cron_25_11_2013_2

Marketing bo‘limining samarali faoliyati evaziga, mavjud abonentlarimizni rag‘batlantirish va yangilarini jalb etish maqsadida o‘tgan yil kompaniya tomonidan ko‘plab turli aksiyalar o‘tkaziladi. Jumladan, bir, ikki, uch oyga qadar bepul xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chegirmali kuponlar taqdim etiladi. O‘zbekiston Bosh Qomusi – Konstitutsiyasi kuni arafasida «Do‘stim uchun netbook» aksiyasi o‘tkazildi, unda bosh sovrin etib, Netbook Samsung qo‘yilgandi.

Bundan tashqari, 2013-yilning ikkinchi choragidan har oy hamkorimiz «Melpomenlar saroyi» bo‘lmish «Ilhom» teatri spektakllariga, faol abonentlarimizga tashrif buyurish imkonini beruvchi chiptalar yutug‘i o‘tkazildi.

Kirib kelgan 2014-yil uchun belgilangan rejalarimiz bilan o‘rtoqlashish mumkin deb o‘ylaymiz. Kompaniyamiz rejalashtirgan loyihalari orasida doimiy tezlikni oshirish sharoitida juda muhim bo‘lgan kanalning zahirasi bilan eniga kengaytirish uchun FTTB texnologiyalari asosida tarmoqlar qurishni eng dolzarb masala deb hisoblash mumkin. Shuningdek, ADSL tarmog‘ini yanada rivojlantirish, mijozlar bazasini oshirish rejalashtirilgan.

Barcha abonentlarimiz va infoCOM.UZ jurnalxonlarini Yangi yil bilan tabriklaymiz!

Orphus system