«Cron Forge» kompaniyasi direktori Ruslan Mushurov bilan suhbat
05.01.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

cron_26_11_2013

O‘tayotgan yil jamoamiz va hamkorlarimizga ko‘plab ajoyib, quvonchli onlarni taqdim etdi va yakuniga yetishi oldidan kompaniyamiz yutuqlari haqida jurnalxonlar bilan o‘rtoqlashishni nasib etdi. Eng avvalo, O‘zbekistonimizning barcha fuqarolarini barchaga shodlik va yuz, ko‘zlariga tabassum ulashuvchi, yoshlaridan qat’iy nazar, barchaning qalbiga qutlug‘ onlar shukuhi, sehrli bayram shodligi tuyg‘usini baxsh etuvchi eng ajoyib ayyom bilan tabriklayman.

«Cron Forge» kompaniyasi hali yosh bo‘lishiga qaramay, o‘tgan yillarda yaxshi natijalarga erishdik. O‘zbekiston Ziyonet.uz axborot ta’lim tarmog‘i uchun o‘zbek va rus tillarida: «Matematik pazl», «Yo‘l harakati qoidalari», «Matematik yon daftar», «So‘z yasash», «Harfni top», «So‘z o‘yini», «Mevalar», «Matematik harakatlar», «Аnagrammalar», «Saralash», «Tushib qoldirilgan raqam», «Raqamlarni tutib ol», «Hayvonot olamida», «Kosmoharflar», «Harfyegich», «Topishmoq», «Jahon xalqlari liboslari», «Maqollar» va «Ot bilan yurish» kabi ta’limiy o‘yinlar ishlab chiqildi. Yana bir necha o‘yinlar hozirda testdan o‘tkazish bosqichida hamda yaqin orada Ziyonet.uz portalida «Mamlakatimiz dasturchilari o‘yinlari» bo‘limida paydo bo‘ladi.

cron_26_11_2013_1

Joriy yildagi asosiy yutug‘imiz O‘zbekistonda yashaydigan va shaxmat o‘yini texnikasini o‘zlashtirishni xohlagan har bir foydalanuvchiga shu imkoniyatlarni taqdim etuvchi, mamlakarimizdagi taniqli inson, shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, Rustam Mashrukovich Qosimjonovning «Shахmat sehrli olam» kitobi bo‘yicha interaktiv darsligi ishlanmasining yaratilishi va chiqarilishidir.

cron_26_11_2013_2

Darslikning elektron versiyasida shaxmat sipohlarining yurishi animatsiyasi, shaxmat usullaridan misollar va yetakchi grossmeysterlarning qator partiyalari berilgan. Elektron darslik o‘zida O‘zbek va Rus tillaridagi axborotlarni jamlagan, original dizaynga ega, yoqimli musiqa jo‘rligida, tushunarli matnda bayon etilgan.

Yuqqoridagilar bilan batafsil tanishish uchun kompaniya sayti yoki Ziyonet.uz portaliga tashrif buyurish mumkin.

Shunday qilib, joriy yilda barcha kutgan rejalarimiz amalga oshdi. Bu yil barcha erishishga muyassar bo‘lgan yutuqlarimiz — «Cron Forge» har bir xodimining sarflagan katta kuchi natijasidir, buning uchun barchaga katta rahmat!

2014-yil rejalari haqida to‘xtalib, mentalitetimiz va O‘zbekistonda chuqur ildiz otgan madaniy an’analarga javob beruvchi hamda o‘yinlar va foydali kontent bilan TAS-IX’ni boyitish haqidagi istagimiz eng asosiy maqsadimizdir. Bir qancha yirik loyihalar, ular qatorida mobil ilovalar va o‘yinlarni yaratish ham rejalashtirilgan.

Kelayotgan yil ham shunday sermahsul va Uznet uchun zarur bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yangi g‘oyalarga boy bo‘ladi.

Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish Markazi UZINFOCOM va InfoCOM.UZ jurnali («O‘zbekiston Kompyuter o‘yinlari akademiyasi» loyihasi)ga kompaniyamizning o‘z ijodiy yo‘lining boshlanishidayoq qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchiligimizni izhor etishni xohlardim!

Barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman!

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq