www.torg.uz loyihasi rahbari Vyacheslav Kan bilan suhbat
04.01.2014
Rukn: Internet, Intervyu.
Muallif: .

torg_25_11_2013

Yangi 2014-yil – bu www.torg.uz sayti uchun qutlug‘ sana yili. Loyiha 2004-yilda ishda tushirilgan va doimo yaxshilanib va rivojlanib kelgan. 2013-yil ham shunday bo‘ldi.

Yilning eng ajoyib hodisasi iOS va Android uchun Torg.Uz ilovasining chiqarilishi bo‘ldi. Bu bepul ilova mobil telefonlari hamda SHK foydalanuvchilari uchun torg.uz/torg.com sayti servisidan foydalanishni yanada samarali va qulayroq bo‘lish imkonni berdi.

Mobil ilova imkoniyatlari:
• Bo‘linmalarda tayanch so‘zlar yordamida kengaytirilgan qidirish imkonitati bilan www.torg.uz sayti faol e’lonlar ga bazasiga to‘la ulanish.
• Sayt foydalanuvchilarini ro‘yxatdan va avtorizatsiyadan o‘tkazish.
• Telefondan olingan fotosuratlardan foydalanib, e’lonlar yoki telefon kamerasida bajarilgan fotosratlarni qo‘shish.
• O‘z shaxsiy kabinetini, jumladan, o‘z e’lonlari, pullik xizmatlardan foydalanganligi,xabarlar va boshqalar.
• Mintaqa va tilni tanlash imkoniyati.
• Tanlab olinganlarga zarur e’lonlarni qo‘shish imkoniyati.

E’lonlar egalari bilan aloqa qilishning turli usullari — qo‘ng‘iroqlar, xabarlar.

2013-yil 12.12. ma’lumotlariga ko‘ra Android uchun versiyasi 21 000dan ortiq marta, iOS uchun versiyasi — deyarli 10 000 marta yuklandi. Albatta, ilovalarni yaxshilash bo‘yicha yana ko‘plab ishlarni amalga oshirish zarur. Saytning mobil versiyasidan foydalanuvchilar soni oshib borishi munosabati bilan yanada qiziarli tus olmoqda. Masalan wap.torg.com mobil versiyasi orqali ko‘rib chiqilgan sahifalar soni taxminan resursning jami umumiy sahifalari sonining yarmini tashkil etadi.

torg_25_11_2013_1

Yaqinda maxsus «Torg do‘konlari» servisini ishga tushirish rejalashtirilgan, u torg.uz foydalanuvchilariga bepul o‘z internet-do‘konlarini ochish yoki saytimiz bazasida sayt-vizitkaga ega bo‘lish imkonini beradi. Mazkur xizmat kichik taqdimoti 14-dekabr kuni «Startup Mix» uchrashuvida amalga oshirildi. Servis my.torg.com/my.torg.uz saytida ishga tushiriladi. Mazkur xizmatdan foydalanib, tashkilotlar firma.torg.uz yoki firma.torg.com kabi domen nomlari bilan o‘z xususiy saytlariga ega bo‘ladilar, bunda ular o‘z saytlarini oson va qulay boshqarashlari mumkin, bo‘limlarni tanlab, e’lonlar, chegirma va aksiyalarni qo‘shishlari hamda servisning boshqa imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Ishonamizki, «Torg Do‘konlar» servisi Uznet rivojiga, ayniqsa, elektron tijorat sohasiga katta hissa qo‘shishi mumkin.

Torg.Uz jamoasi nomidan barcha O‘zbekiston aholisini, shuningdek, infoCOM.UZ jurnali muxlislarini Yangi yil bilan tabriklayman, tahriryat xodimlariga ujodiy muvaffaqiyatlar va yutuqlar tilayman! 2014-yil ravnaq va farovonlik yili bo‘lsin!

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq