Panoramio.uz loyihasi rahbari, Net Extensions LLC kompaniyasi direktori Nuriddin Jo‘rayev bilan suhbat

pano_29_12_2013

Avvalo, kompaniyamiz nomidan infoCOM.UZ jurnali jamoasi va muxlislarini Yangi yil bilan muborakbod etaman! Shuningdek, jurnal tahririyatiga o‘tgan yilda erishgan natijalarimiz hamda 2014-yilga belgilagan rejalarimiz haqida jurnalxonlarga so‘zlab berish imkonini berganlari uchun minnatdorchiligimizni bildirmoqchi edim.

pano_29_12_2013_1

O‘tgan yil kompaniyamiz uchun juda qiziqarli va sermahsul bo‘ldi. Biz nafqat mutaxassisligimiz sohasida butkul yangi, balki O‘zbekiston bozorida noyob hisoblangan loyihalarni amalga oshirdik. BePro dasturchilar markazi bilan hamkorlikda Visit Khorezm — Xorazm viloyati turizmi infrastrukturasi rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalar amalga oshirildi. Mazkur loyiha doirasida Android va iOS operatsion tizimlari ostida, www.vizitkhorezm.uz maxsus sayti va mobil ilovalari uchun 3D panoramalar va Ichan Qal’a obidasining noyob fotogalereyasi yaratildi. Bugungi kunda mobil ilovalar Google Play va AppStoredan ko‘chirib olishga tayyor.

pano_29_12_2013_2

Xorazm tarixiy me’moriy yodgorliklarining 3D-maketlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratganmiz. Bunday loyiha O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirildi. Endi Google Earth xaritasida Xorazm viloyatida joylashgan qadimiy me’moriy yodgorliklarning hajmli maketlarini ko‘rish mumkin. Endi istalgan vaqtda haqiqatda original tekstura va o‘lchovdan foydalanilgan holda har bir jodgorlikning 3D modelini va xaritadan ko‘tariladigan me’moriy yodgorliklarning salobatini ko‘rish mumkin.

Barcha sanab o‘tgan ishlarimiz o‘tgan yil oktabr oyida o‘tkazilgan – TXTK 2013 «Ipak yo‘lidagi turizm» 19-Toshkent Xalqaro Turistik Ko‘rgazmasidagi maxsus stendda namoyish etilgandi. Stend O‘zbekistonda turistik sohada yaratilgan IT-yechimlarni namoyish etib, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan tamoshabinlar hamda turistik biznesi mutaxassislarining katta qiziqishiga sazovor bo‘ldi. Mazkur mahsulotimizga hozirga qadar takliflar kelib turibdi, ularning ayrimlari yangi loyihalarga aylanishga ulgurgan.

Amalga oshirilgan 3D panoramasi va virtual turni yaratish sohasidagi loyihalar orasida UNDP (www.zaamin.uz) bilan hamkorlikda amalga osirilgan Zomin qo‘riqxonasi bo‘ylab virtual tur alohida e’tiborga sazovor. Suratga olish uch mavsumda: yoz, bahor va qish faslida amalga oshirilgan. Mazkur loyiha evaziga bizga ajoyib, noyob maskanlar, qo‘riqxonalar, tabiati va go‘zal manzaralari O‘zbekistonimizning haqiqiy boyligi bo‘lib hisoblashga munosib joylar mavjudligiga ishonch hosil qilish mumkin.

2013-yil loyihalari orasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo‘ylab virtual turni yaratish loyihasi alohida e’tiborga loyiq. Virtual tur kutubxona o‘quv zallari bo‘ylab haqiqiy axborot-ma’lumotli yo‘l boshlovchiga aylandi. Kutubxona bosh xollida joylashgan axborot kioski yordamida virtual sayohatni amalga oshirish mumkin.

O‘zbekistonning eng zamonaviy maydoni – «Bunyodkor» maydoni bilan www.bunyodkor-stadium.uz saytiu orqali tanishishngiz mumkin. Shunisi quvonarliki, maydon bo‘ylab virtual tur ilovasi kompaniyamiz tomonidan tayyorlangan, jahondagi eng katta futbol maydoniga bag‘ishlangan www.stadiums.at.ua saytida joylashgan.

2014-yil rejalari
Hozirgi vaqtda Ichan-Qal’a bo‘yihc virtual tur yaratish bo‘yicha ishlamoqdamiz. Unda har biq inson mazkur ajoyib shahar bo‘ylab virtual sayohatda bo‘lishi – tarixiy davrlar muhitiga sho‘ng‘ib, takrorlanmas me’moriy yodgorliklar salobatini his etishi mumkin.

Shunday ishlarni O‘zbekistonimizning boshqa tarixiy shaharlari bo‘ylab ham amalga oshirmoqchimiz, bunda obyektlarni 3D modellaridan tashqari, Google Earthda panoramalar virtual turini ham rejalashtirganmiz.

Kompaniya katta va uzoq muddatli rejalarni o‘z oldiga qo‘ygan. Ulardan biri «Virtual turoperator» loyihasini amalga oshirish bo‘lib, bu haqda hali batafsil gapirish erta.

Orphus system