O‘zbekistonda Softline kompaniyasi direktori Rustam Toshov bilan suhbat
04.01.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

soft_25_11_2013

O‘tgan yil yakunlarini chiqarib, Softline kompaniyasi uchun eng muvaaffaqiyatli yillardan biri bo‘lganligini ta’kidlashni xohlardim. 2013-yilda kompaniya oboroti 16 foizgacha oshirish rejalashtirilgandi. Bu yil bilimlarimizni yangilash va Gold Partner Microsoft, Support Services Certified Partner NetApp, Silver Partner Citrix, Premier Partner VMware, Elite Partner McAfee, Business Partner «Kasperskiy Laboratoriyasi», Platinum Partner Symantec va boshqa ko‘plab yetakchi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonda Softline axborot texnologiyalari bozorida faol ishtirok etadi. Bu yil 50dan ortiq marketing faollik — seminarlar, biznes-uchrashuvlar, konferensiyalar, Roadshows, ko‘rgazma va ko‘plab boshqalar o‘tkazildi. Bularning barchasi Microsoft kompaniyasi, «Kasperskiy Laboratoriyasi», InfoWatch, Eset, «Askon», Active Cloud va boshqalar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Har yili O‘zbekistonda AKT haftaligi tadbirlarida va uning doirasida o‘tkaziladigan sammitda ishtirok etadi, Softline kompaniyasi belorus ofisi xodimlari — SoftlineBel Services konsalting bo‘limi rahbari, Maksim Pavlovskiy (konsalting, audit, joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va o‘qitish) vaSoftlineBel Services rahbari, Vasiliy Bondarenkolar «Belarus Respublikasida axborot texnologiyalari: rivojlanish odimlari va istiqboli» mavzusida ma’ruza bilan chiqdilar, unda Belarus Respublikasi axborot texnologiyalari bozorida rivojlanish odimlari, qog‘ozsiz hujjat almashishga o‘tish, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqarish masalalari ko‘tarildi.

O‘zbekistonda Softline bazasida Fujitsu, NetApp, Extreme Network kompaniyalari uchun uskunalarni ilgari suruvchi, shuningdek, Microsoft, Kaspersky, VMware, Citrix, Veeam, IceWarp, DeskWork va boshqa yechimlar savdosini yengillatish uchun kompetensiyalar markazi doirasida texnologiyalar va ko‘rgazmali stend shakllantirildi. Ko‘rgazmali stenddan doimo mijozlarimiz yangilarni o‘rganish hamda online laboratoriyasi stendlari ko‘rgazmalaridan bahramand bo‘lish uchun foydalanadilar.

soft_25_11_2013_1

2013-yilda O‘zbekistonda Softlineyil boshidan GK Softline tarkibiga kirgan Novacom kompaniyasi yechimlarini faol ilgari suradi. Novacom kompaniyasi — bu dasturiy ta’minotlar integratori va ishlab chiquvchisi bo‘lib, IT-bozorida 2011-yildan buyon ishlab keladi va keng xizmatlar turlarini taqdim etadi. Kompaniya portfoliosi buyurtmali loyihalash, turli platforma va texnologiyalardan foydalanilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ko‘plab amalga oshirilgan loyihalar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida axborot xavfsizligi jarayonlari va muammolarini o‘rganishga yuqori darajada e’tibor qaratiladi, shu munosabat bulan Softline «Kasperskiy Laboratoriyasi» bilan hamkorlikda Navoiy, Farg‘ona va Toshkent shahrlarida qator axborot tadbirlari o‘tkazildi. Seminarlar o‘tkazishdan maqsad «Kasperskiy Laboratoriyasi»ning ishlab chiqqan mahsuloti antivirus dasturlari bilan tanishtirishdan iborat, ularning yordamida korporativ axborot ishonchli qulf himoyasida bo‘ladi. Tadbirlar ishtirokchilari — mamlakatimizning IT-departamenti, turli tashkilotlari, biznes sohasi rahbarlari va mutaxssislari ish faoliyatlarida IT-xavfsizlik bo‘yicha masalalarning eng muhim jihatlarini muhokama qildilar, shuningdek, hozirgi davrda kiberjiniyatchilik hujumlaridan qanday himoyalanish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

soft_25_11_2013_2

Tilga olganimizdek, Softline kompaniyasi taqdim etayotgan xizmatlari sifatini oshirish uchun o‘z salohiyatini doimiy ravishda o‘stirib boradi, bugungi kunda InfoWatch, Websens, Symantec ishlab chiqaruvchilari uchun DLP yechimlari bo‘yicha sifatli ekspertizaga egaligimizni alohida ta’kidlashni xohlardim. DLP (Data Loss Prevention) — bu tashqaridagi axborot tizimlaridan maxfiy axborot o‘tib ketishining oldini olish texnologiyasidir. Shuningdek, bu kabi maxfiy axborot o‘tib ketishining oldini olish texnik qurilmalari (dasturiy va dasturiy-apparatli)dir. Bundan tashqari, bizda axborot xavfsizligi juda zarur bo‘lgan davlat va moliyaviy tuzilmalar uchun dastlabki loyihalarni o‘rnatish imkoniyati mavjud. O‘tgan yil qator loyihalar amalga oshirildi va buyurtmachilarimizni juda ham qoniqtirgan ajoyib natijalar olindi.

Softline noyabr oyida O‘zbekiston IT-bozorida o‘zining o‘n yillik faoliyatini nishonladi, shu o‘tgan yillar mobaynida kompaniya allaqachon Hardware bozoriga yaxshi integrator sifatida kirgan Software bo‘yicha sifatli ekspertizaga ega tashkilot kabi iste’molchilarning ishonchini qozondi.

2014-yil rejalari
Respublikamizda interaktiv xizmatlarning shakllanishi va «Elektron hukumat» yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Har bir iste’molchimiz bunga qiziqish bildiradi va oldimizga yangi yechimlarni jalb etishda hamkorlik ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni qo‘yadi. Shu munosabat bilan o‘tgan yil ikki bo‘lim — xususiy DT’ni ilgari surish bo‘limi hamda servislar bo‘limi tashkil etildi. Ularning vazifasi hujjatlar aylanishi, KISb yaratish uchun ularning vazifalarini yaratishda platforma tanlovi ekspertizasi bo‘yicha yechimlarni, shuningdek, jahon ishlab chiqaruvchilarining sifatli apparatli va dasturiy ta’minot yechimlarini taqdim etishdan iborat.

2014-yilda mazkur harakatlarimiz o‘z samarasini beradi va bu yechimlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z salohiyatimizni namoyon etishimizga ishongan holda O‘zbekiston IT-bozorida biznes-analitike/konsalting bo‘yicha jahon dasturiy ta’minot bo‘yicha ishlab chiqaruvchilari bilan doimiy muzokaralar olib boramiz va jalb etamiz. Shuni yaxshi anglaymizki, bu kabi yechimlar butun «Elektron hukumat» uchun yordam beradi.

Bundan tashqari, o‘tgan yilda Softline kompaniyasi respublikamizning Farg‘ona va Navoiy viloyatida mahalliy vakillar ish boshlaganliklarini ta’kidlab o‘tmoqchi edim. Bu yil joylarda IT-bozorini mahalliy rivojlantirishni ta’minlash va Softline kompaniyasidan yechimlarini olish masofalarini qisqartirish imkonini berish uchun mazkur hududlarda to‘laqonli ofislar shakllantirishni rejalashtirganmiz.

2014-yilda yanada ko‘proq faollikni oshirishni, shunindek, servislar yo‘nalishida yangi yechimlar taklif etishda davom etishni rejalashtirganmiz.

Hukumatimizga IT bozorining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlayotganligi uchun, shuningdek, ko‘p yillardan buyon aynan kompaniyamizni tanlayotgan va uni kerakli yo‘nalishlar tomon rivojlanishiga yordam berayotgan, Softline kompaniyasi yechimlari va servislarining barcha iste’molchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq