«Nuron DC» MCHJ direktori Leonid Soy bilan suhbat

nuron_25_11_2013

Kompaniyaning 2013-yil uchun dastlabki yakunlari
NURON kompaniyasi o‘zining O‘zbekistondagi yigirma yildan ortiq ish faoliyati davrida har bir ofisga uzluksiz ishlashni malakali ta’minlab berib, kompyuter, telekommunikatsiya va energetik uskunalar iste’molchilarning ishonchlarini qozonishga muyassar bo‘lib ulgurgan.

Bu yil kompaniyamiz tashkil etilganiga 21 yil bo‘ldi. Yildan-yilga yanada tajribaliroq bo‘lib bormoqdamiz, kompaniyamiz mutaxassislari esa o‘z oldilariga kelgusi rivojlanishga yo‘naltirilgan yanada murakkabroq vazifalarni qo‘ymoqdalar, eng asosiysi, buyurtmachilarimiz yuqori darajada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

nuron_25_11_2013_1

Bugungi kunda NURON: FUJITSU, HP, Acer, Canon, Cisco, DIGITUS, Epson, LG Electronics, Samsung Electronics, Emerson kabi yetakchi firmalar kompyuter uskunalari hamda orgtexnikasini va shu bilan birga, ularga komplek servis xizmatlarini taqdim etadi. Butunjahonda mashhur brendlar O‘zbekistjn respublikasi hududida o‘z texnikalariga kafolatli servis xizmatlarini ko‘rsatishga NURON kompaniyasiga ishonadilar. O‘tayotgan yilda Huawei va Lenovo avtorizatsiyasini olib, o‘z hamkorlarimiz safini kengaytirdik.

Bugun NURON – bu davlat va tijorat korxonalari hamda tashkilotlariga axborot texnologiyalarini joriy etishga: Har qanday konfiguratsiyadagi SHK’ni seriyali yig‘ishdan tortib, optimal va ishonchli axborot tizimlari bilan biznesni texnik ta’minoti loyihalarining yaratilishigacha bo‘lgan vazifalarni amalga oshirishga kompleks yondashuvdir.

nuron_25_11_2013_2

2014-yil rejalari
2014-yilda korporativ buyurtmachilar – yirik davlat va tijorat tashkilotlari bilan munosabatlar o‘rnatishning yanada yangi, yanada yuqori darajasiga erishishga harakat qilamiz. Eng avvalo, o‘z e’tiborimizni xizmat ko‘rsatishda talab etiladigan boy muhandislik tajribasi hamda yuqori malakali mutaxassislar shtati mavjudligiga qaratamiz.

Ishonamizki, kelgusi yilda ham kompaniyamiz vendorlar bilan hamkorlik munosabatlarimizni kengaytirish, eng nostandart loyihalarni va yangi buyurtmachilar bilan uzoq muddatli hamkorlik sohasidagi ishlarimizni muvaffaqiyatli amalga oshirishda davom ettiramiz.

Orphus system