Muloqot.uz loyihasi rahbari, Simple Networking Solutions MCHJ direktori Farhod Fayzullayev bilan suhbat

mul_25_11_2013_8

2013-yil biz uchun samarali yil bo‘ldi! Bugungi kunda tarmog‘imizda 900 ming fotosuratni ko‘chirib olgan, uch million yozishma, 13 milliondan ortiq shaxsiy xabar jo‘natmalari bergan 100 000dan ortiq foydalanuvchi mavjud.

mul_25_11_2013

O‘tgan yil bir necha loyihani amalga oshirdik:

mul_25_11_2013_1

• «Daryo» (daryo.uz) — onlayn-gazeta, o‘zbek tilida kuniga 9000 tashrif buyuruvchi mavjud;

mul_25_11_2013_2

• «Muloqot pogoda(ob-havo)» (ob-havo.muloqot.uz) — O‘zbekiston shaharlari ob-havo ma’lumotlari, ular borasida fikr yuritish mumkin va zarur;

mul_25_11_2013_3

• «Muloqot intervyu» (intervyu.muloqot.uz). mazkur loyiha doirasida estradamiz va sport yulduzlaridan olindan intervyular berilgan. Intervyu uchun barcha savollar saytimiz foydalanuvchilari tomonidan berilgan;

mul_25_11_2013_4

• «Muloqot takliflar» (takliflar.uz) — mazkur saytda Ozbekiston kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan sovg‘a va chegirmalar taklig etilgan. U qanday ishlaydi: 1. bepul (kirishda ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng) kupon olasiz, 2. uni kompaniya xodimiga berasiz, 3. kompaniya tomonidan taqdim etilgan sovg‘a yoki chegirmaga ega bo‘lasiz.

Ko‘pincha takliflar.uz sayti shartlari quyidagicha, bir kupondan bir necha marta foydalanish mumkin. Masalan, kupondan o‘zingiz foylalanishingiz va uni do‘stlaringiz, tanishlaringizga berishingiz mumkin.

mul_25_11_2013_5

• Shuningdek bir qancha milliy bloggerlarga, ularga xosting taqdim etilib, sayt yaratishda yordam ko‘rsatdik. Huquqshunos va «Zakovat» o‘yini bilimdoni Xushnudbek Xudayberdiyev (xushnudbek.uz) sayti, ingliz tilini o‘rganish uchun English Club Pro (englishclubpro.com) sayti va boshqalar ishga tushirildi.

mul_25_11_2013_6

Yangi yilda mobil qurilmalariga alohida e’tibor qaratamiz, bir qancha mobil ilovalarining ishlanmalari ustida ish yuritmoqdamiz.

Shuningdek, «Sonata» (sonata.uz) servisini ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, unda har bir talabgor mamlakatimiz estradasi qo‘shiqlarini tinglashi va o‘zidagilarni yuklashi mumkin. Sababi sayt Tas-IX tarmog‘ida bo‘lib, uning trafigi hisobga olinmaydi.

Barcha «muloqotchilarni», jumladan infoCOM.UZ jurnalxonlarini Yangi yil bilan tabriklayman! Kimki bizda hali akkauntga ega bo‘lmasa, birlashing. Muloqot qiling! Bu juda ajoyib! 2014-yil Sizlarning barchangiz uchun muloqotlar yili bo‘lsin!

mul_25_11_2013_7

Orphus system