UZINFOCOM markazi direktori Ibrohim Jo‘rayev bilan suhbat

uzinf_26_11_2013

O‘tayotgan yil axborot texnologiyalari sohasida voqealarga boy bo‘ldi, Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish Markazi UZINFOCOM mamlakatimizda Internet segmentini servislar bilan to‘ldirishda yetakchilardan biri hisoblanadi, shu boisdan ham tabiiyki, faoliyatimiz yilning asosiy hodisalari bilan bog‘liq. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, 2013-yilda tarmoq segmentimiz o‘zgarib bordi.

O‘tayotgan yilning asosiy hodisasi – 1-iyul kuni ishga tushirilgan «Elektron hukumat» – interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (Yagona portal) tizimi asosiy elementlarining yaratilishdir. Yagona portal davlat organlari taqdim etadigan interaktiv davlat xizmatlariga ulanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalga 300dan ortiq tashkilotlar kiritilgan. O‘tgan davrda Yagona portal muntazam ravishda, yangi xizmatlar bilan to‘ldirib borildi, hozirgi vaqtda ularning soni 100 birlikni tashkil etib, foydalanuvchilarga turli qulayliklarni yaratmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, davlat organlariga foydalanuvchilar tomonidan Yagona portal orqali 4 000ga yaqin murojaatlar jo‘natildi, ularning 75 foizi davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqildi hamda muvofiq javob qaytarildi. Loyihani ishga tushirishda turli maydonlarda bildirilgan taklif va mulohazalar e’tiborga olindi. Yagona portal ishi bilan www.my.gov.uz manzili orqali tanishish mumkin.

uzinf_26_11_2013_1

O‘zbekiston aholisiga ma’qul tushgan kommunal xo‘jalik va turar-joy fondi www.e-kommunal.uz portali o‘z ishini davom ettirmoqda. Mazkur portali orqali mamlakatimizning turli mintaqalaridan 1300dan ortiq kishi o‘z muammolarining yechimini topishdi yoki to‘liq javob olishdi.

May oyida uzoq kutilgan muhim hodisa sodir bo‘ldi: elektron pochta servisi www.umail.uz ishga tushirildi, iyun oyida servis o‘zbek tilida interfeysga ega bo‘ldi va tezda ommalasha boshladi. 12 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar yangi servisda pochta qutilarini ochdilar. Pochta bepul, virus va spamlardan himoya qilingan, uch variantli interfeysga ega. TAS-IX trafik almashish nuqtasi faoliyat sohasida joylashgan servis alohida ommaviylashdi, bu esa pochtaga tezkor ulanish imkonini berdi.

uzinf_26_11_2013_2

UZ domeni hududi ma’muriyati servisining rivojlanishi davom etmoqda – domenni bronlashtirishga domenni shaxsiy kabinet orqali boshqarish imkoniyati qo‘shilgan. Ma’muriyat sayti (ccTLD.uz) yangilanib, sahifasi yangilanmay yuklanadigan, statistika ortib borishi bilan zamonaviylashdi. Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda, mintaqalarda UZ milliy domenida kompyuterlashtirish Markaziga qarashli – 15 ro‘yxatga oluvchilar faoliyat yuritmoqda. UZ domeni hududida domenlar soni 17 000dan oshdi. UZ domeni hududi ma’muriyatida o‘n yilgacha muddatga domenga to‘lovni amalga oshirish imkoniyatining ta’minlanishi bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Bu ro‘yxatga oluvchilarga ham sayt egalari-foydalanuvchilarga ham qulaydir.

O‘tayotgan yilda Yagona identifikatsiya tizimi ID.UZ’ning yangi dizayndagi hamda kengaytirilgan funksionallikka ega bo‘lgan, yangi versiyasi ishga tushirildi. Turli resurslarda identifikatsiya tarixi bo‘yicha qo‘shimcha hisobot kiritildi, mobil ilovalarida avtorizatsiya uchun oAuth protokoli joriy etildi, foydalanuvchilar autentifikatsiyasi metodlari takomillashtirildi. Bugungi kunda ID.UZ’da ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 70 000ga yaqinni tashkil etadi. PassportID mavqeiga ega foydalanuvchilar uchun RFID chipli yangi ID-karta ishlab chiqilgan. Ayrim tashkilotlarda ID-kartadan tashrif buyuruvchilarni nazorat qilish va ish vaqtini hisobga olishda foydalanish rejalashtirilmoqda. UZINFOCOM Markazining barcha loyihalarida va ayrim chetki saytlarda ID.UZ orqali avtorizatsiyalash, «Elektron hukumat» tizimini shakllantira boshlanishida juda dolzarblashdi.

uzinf_26_11_2013_3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli Qaroriga muvofiq, UZINFOCOM markazi chet tillarni o‘rganishga yordam beruvchi servislarni ishlab chiqdi. ZiyoNET ta’lim portali tarmog‘ida mazkur servislarni birlashtiruvchi «Chet tillar» www.ziyonet.uz/ru/foreign bo‘limi tashkil etildi. Mavzuli bloglar va yangiliklardan tashqari, mazkur bo‘lim www.utube.uz ta’limiy roliklarga ham ega (deyarli 1 200ta) va ko‘plab (400taga yaqin) www.ziyonet.uz/ru/games/genre/9 ingliz tilini o‘rgatuvchi o‘yinlar ham mavjud.

ZiyoNET portali bolajonlarimiz uchun mamlakatimiz dasturchilari tomonidan yigirmata qiziqarli interaktiv o‘yinlar bilan to‘ldirildi, jumladan, «Shaxmat sehrli olam» interaktiv darsligi vositasida shaxmat o‘yini o‘zbek hamda rus tillarida taqdim etildi. «Shaxmat sehrli olam» interaktiv darsligi shaxmat o‘yini O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi va InfoCOM.UZ nashriyoti tomonidan tayyorlangan, darslik muallifi — shaxmat bo‘yicha 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Darslikning dasturiy qismini mamlakatimizda o‘yinlar ishlanmalarini tayyorlovchi — Cron Forge kompaniyasi ishlab chiqqan.

O‘zbekistonning yirik xosteri Data-markaz www.dc.uz rivojlantirilmoqda. 2013-yilda Data-markazda joylashtirilgan saytlarga kirish uchun tashqi kanal kengaytirildi, yangi serverlar ulanmoqda, mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun muntazam ishlar olib borilmoqda. Hozirda UZINFOCOM Data-markazida 330ta davlat tashkilotlari va 89ta ta’lim muassasalari saytlari xostlashgan, saytlarning umumiy soni 3000dan ortiqni tashkil etadi. www.tanlov.uz, www.fikr.uz, www.uz, www.uforum.uz kabi ijtimoiy va Markaz loyihalarini rivojlantirish hamda to‘ldirish ishlari ham davom ettirilmoqda. Markaz korporativ sayti www.uzinfocom.uz – har kuni yangilanadi va Markaz yoki AKT yangiliklarini uch tilda o‘qish mumkin. Muntazam ravishda, Respublika OAVlari’da Markaz loyihalari haqida yangiliklar berib boriladi.

Shuni ham aytmoqchi edimki, UZINFOCOM markazi barcha mavzuli ko‘rgazmalar, sport va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etadi. Ko‘pincha loyihalarimiz haqida onlayn hamda an’anaviy OAV’da yozadilar, radio va TV’da hikoya qiladilar.

Ishonamizki, 2014-yil yanada qiziqarli va samarali bo‘ladi. UZINFOCOM markazi «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirishda faol ishtirok etadi, shuningdek, O‘zbekiston Internet tarmog‘i milliy segmentini yangi interaktiv servislar bilan to‘ldirish bo‘yicha ishlashda davom etadi. Davlat organlarining interaktiv xizmatlar ko‘rsatishida imkoniyatlarni muvofiqlashtiradi, mintaqalarda AKT’ni yanada joriy etilishida hamkorlik qiladi, segmentimiz axborot va ta’lim servislari bilan boyitilishi ishlari davom ettiriladi.

Fursatdan foydalanib, barchani Yangi 2014-yil bilan tabriklayman, mustahkam sog‘liq, ishlarida rivoj, qut-baraka yilayman!

Orphus system