«Texnoprosistem» (TPS™) MCHJ direktori Faxritdin Rahimov bilan suhbat

tps_28_11_2013

TPS o‘zining 14 yillik ish faoliyati mobaynida kichik kompaniyadan O‘zbekiston internet-xizmatlari bozorining yetakchilaridan biri darajasiga erishgunga qadar yo‘lni bosib o‘tdi. Bugungi kunda TPS – bu avvalo, o‘z erishgan natijalarida to‘xtab qolmaydigan, yangi yanada kattaroq loyihalarni amalga oshirishga intiluvchi, yuqori darajada dolzarblilik va talabga ega bo‘lgan kompaniyadir. TPS har tomonlama rivojlanishda asosiy e’tiborni taqdim etilayotgan xizmatlarini takomillashtirish va abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifati darajasini ko‘tarishga qaratmoqda.

O‘tayotgan yilda kompaniya yangi muvaffaqiyatli loyihalarni joriy etdi va yangi yilda ularni yanada rivojlantirishga bel bog‘lagan. Shunday loyihalardan biri «internet-paketlar»ning yo‘lga qo‘yilganligidir. Loyihaning mohiyati shundaki, abonentlarga ma’lum bir trafik hajmini tarif rejaga kiritilgan, oldindan trafik to‘loviga nisbatan past «ulgurji» narxda sotib olish imkoniyati taqdim etilishidir. Bunday taklifning asosi abonentlarumiz tomonidan tarif rejaga kiritilgan trafikni iste’mol qilib, Internetdan foydalanishi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarimiz natijasi bo‘ldi. Bir tomondan, har bir internet-provayder limitdan tashqari qo‘shimcha foyda olishdan manfaatdor bo‘lishi kerak, biroq abonentlarimiz qiziqishlarini oshirish maqsadida bir lahzalik daromad olishdan voz kechib, ular bilan uzoq muddatli hamkorlikni ko‘zlab, abonentlarga foydali variantlarni taklif etamiz. Hozirgi vaqtda internet-paketlarning uch turi: 300 Mb, 1000 Mb va 2000 Mb hajmli turlari mavjud. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra mazkur loyiha ishga tushirilishining bir necha oyi mobaynida internet-paketlarga talablarning o‘sish ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘ldi, bu esa limitdan tashqari tarif reja bo‘yicha trafik o‘rniga paket shaklidagi qo‘shimcha trafiklar berilishining dolzarbligidan dalolat beradi.

tps_28_11_2013_1

Shuningdek, Internetga tungi vaqtlarda limitsiz ulanish xizmatini taqdim etilishini davom ettirish maqsadida, TPS kompaniyasi yoz faslida muvaffaqiyatli ishga tushirilgan «Tungi Drayv» aksiyasini yil oxiriga qadar uzaytirish, shuningdek, «Mening uyim! Mening ishim!» aksiyasini taqdim etishga qaror qildi.

Qo‘shimcha aksiyalar munosabati bilan va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida, TPS kompaniyasi ikkinchi marta xalqaro internet-kanalni ancha kengaytirishni amalga oshirdi.

O‘z mijozlari haqida g‘amxo‘rlik qilish borasida TPS internet-provayderi xavfsizlik darajasini ko‘tarishga hissasini qo‘shish va kompaniya abonentlari va ularning portativ qurilmalari uchun maksimal darajada axborotli ma’lumotlarni qo‘llab-quvvatlash himoyasini amalga oshiradi. Shu munosabat bilan «Obuna bo‘yicha soft» loyihasi doirasida, kompaniya abonentlari uchun shaxsiy kabinetda sotib olish mumkin bo‘lgan «Kasperskiy Laboratoriyasi» mahsulotlari qatorini kengaytiradi. Taqdim etiladigan dasturlar ro‘yxatini qurilmalar bo‘yicha antivirus ta’minotini «Kaspersky Internet Security Multi-Device» bilan to‘ldirildi.

tps_28_11_2013_2

TPS kompaniyasi bir vaqtda Toshkent va Jizzax shaharlarida 25-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan an’anaviy ICTExpo 2013 axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi. Kompaniya an’anaviy tarzda, o‘z brendiga qiziqish kuchayishi hamda yanada tanilishiga yo‘naltirilgan, esdalik sovg‘alari bilan turli viktorinalar o‘tkazildi.

An’anaviy Milliy UZ domeni 2013 Internet-festivali kompaniyamiz hayotida ajoyib hodisalardan biri bo‘ldi. Bu yil festivalga 900dan ortiq arizalar berilgan bo‘lib, 452 sayt tanlov dasturi ishtirokchisi bo‘lgandi.

TPS kompaniyasi 11ta nominatsiyadan www.uz versiyasi bo‘yicha — «Eng yaxshi korporativ sayt» (www.tps.uz)va «Eng yaxshi mavzudagi sayt» (www.player.uz) nominatsiyalari bo‘yicha 2ta sovrin olish baxtiga muyassar bo‘ldi.

Dekabr oyining oxirida kompaniyada Shaxsiy kabinetni to‘liq yangilash ishlari amalga oshirildi. Yangi kabinetni ishlab chiqishdan asosiy maqsad uning funksionalligini oshirish va abonentlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratishni yaxshilashdan iborat bo‘ldi. Tashqi qiyofasi butunlay qayta ishlandi, trafik bo‘yicha batafsil hisobotlarni ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi, yangiliklar lentasi qo‘shildi, ishlanmada, shuningdek, boshqa funksionalliklar ham bo‘lib, abonentlarimiz uchun ishda maksimal qulaylik taqdim etildi. Bundan tashqari, abonentlarimiz uchun qayta aloqaning muhimligini e’tiborga olib, kompaniya abonentlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri Call-markaz mutaxassislari bilan aloqasi funksiyasi qo‘shildi. Endi har bir abonent nafaqat ariza orqali, balki o‘z taklif va mulohazalari bilan murojaat etishlari ham mumkin. Albatta, kompaniya yagona texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat etish zaruratisiz, yuzaga kelgan texnik muammolarni hal etadi.

Butun dekabr oyi mobaynida, Yangi yil arafasida hamkorimiz «O‘zbegim Taronasi» radiosi bilan birga, TPS’ning Facebookdagi rasmiy sahifasida «quvnoq radio» aksiyasi o‘tkazildi. Sahifaga tashrif buyuruvchilarga internet-provayderga taalluqli savollar berildi va g‘oliblarga kompaniya esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

2014-yil I yarim yilligi rejalari haqida so‘z yuritsak, birinchi navbatda, barcha yorqin savdo belgilari qatori kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi faol rivojlanishi, TPS internet-provayderi kompleks xizmatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan mavjud va yangi abonentlar maksimal qulayligi uchun sharoitlar yaratuvchi yangi innovatsion xizmatlar takliflariga katta e’tibor qaratadi. Jumladan, yaqin vaqtlarda barcha saytlarimiz muxlislariga qiziqarli takliflar taqdim etib, abonentlarimizni navbatdagi yangilik kiritilgan, yanada qiziqarli tarif-rejalar aksiyalari bilan xursand etamiz. www.tps.uz korporativ saytida kompaniya yangiliklarini kuzating.

Yil yakunlarini chiqarib, bugungi kunda TPS O‘zbekiston internet-xizmatlari bozorida yetakchilardan biri sifatida, bundan tashqari, zamonaviy texnologik yechimlarning ko‘plab turlariga ega bo‘lib, eng yuqori tezlikdagi ma’lumotlar uzatish global tarmog‘ida zarur texnik va intellektual salohiyatli xizmatlar taqdim etuvchi provayder ekanligini ta’kidlab o‘tishni istardim.

Fursatdan foydalanib, o‘zim va ahil TPS jamoasi nomidan barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, salomatlik va ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilayman!

Коmpaniya haqida ma’lumot:

«Texnoprosistem» (ТРS™) MChJ — O‘zbekistonning ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida yetakchi operatorlardan biri va yirik tijorat internet-provayderi bo‘lib, 1999-yilda tashkil etilgan. TRSdan tarmoqqa ulanish mijozning ehtiyojiga ko‘ra tanlab olingan ulanish texnologiyasida istalgan tezlikda tashkil etilishi mumkin.

TRS Internet tarmog‘iga an’anaviy va yangi texnologiyalar asosida ulanishning: ADSL, SHDSL, Ethernet, optik-tolali aloqa liniyasi, WIFI, WiMax, Radio Ethernet kabi ko‘plab turlariga ega.
TRS kompaniyasi abonentlari yirik davlat va xalqaro tashkilotlar, vakolatxona va elchixona, sanoat va savdo korxonalari, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari hisoblanadi.

TRS O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlari bo‘ylab qamrab olgan zonalariga ega. 14 yillik muvaffaqiyatli faoliyati mobaynida TRS internet-xizmatlar bozorida mustahkam o‘rin egalladi, mijozga yo‘naltirilgan siyosati, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishi va xodimlarning malakasini doimiy oshirishi evaziga bozorda ishonchli, barqaror internet-provayder mavqeiga ega bo‘lgan.

Orphus system