Sarkor Telekom kompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha direktor Timur Vaxabov bilan suhbat
03.01.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

sarkor_26_11_2013

O‘tayotgan yil kompaniyamiz mustahkamligining jiddiy sinovi bo‘ldi. 2012-yilda katta texnik o‘zgarishlar va amaldagi xizmatlarni modernizatsiyasi davom ettiriladi va poytaxtimiz tumanlarida optik-tolali ulanishni joriy etish bilan rivojlanish uchun ko‘p kuch sarflash va bilim talab etiladi hamda kelgusida investitsiyalar oshiriladi.

Kompaniya erishilgan natijalarda to‘xtab qolmaydi, energetik barqarorlik va mustaqillikning yanada yuqori darajasini ta’minlovchi yanada samarali va takomillashgan texnologiyalarni izlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

2014-yilda test loyihasini joriy etish hamda amalga oshirish rejalashtirilgan, u abonentlarga taqdim etiladigan xizmatlarning 80% barqarorligi hamda energiyatejamkorligini oshiradi. Shu maqsadda kompaniya ichki investitsiyalarga 150 mln.so‘mga yaqin mablag‘ni yo‘naltirishni rejalashtirgan.

2013-yil Sarkor Telekom kompaniyasi xususiy ishlanmalari bo‘yicha yangi sertifikatlangan billing tizimiga o‘tish ishlarini yakunladi va o‘z mijozlariga foydalanishga taqdim etdi. Sertifikatlash davrida zaruriy testdan o‘tkazildi hamda nazorat tekshirishlaridan o‘tkazildi, ularning natijalari mazkur yaratilgan tizimning so‘zsiz aniqligi asoslandi, natijada davlat sertifikati bilan tasdiqlandi.

O‘tayotgan yilda kompaniyaning korporativ mijozlari uchun qo‘shimcha IP-telefoniya xizmatlari va internetga ulanishda yangi tarif rejalari past narxlarda taqdim etildi. Yilning yarmidan boshlab, korporativ mijozlar uchun ikki yo‘nalishda: arzon – byudjet tashkilotlari va kichik biznes sohasi, Internetdan cheklangan maqsadlarda foydalanuvchilr uchun, biroq yuqori sifat va barqaror ulanishni talab etadiganlar uchun; yuqori tezlikdagi – 10 Mbit\s,dan boshlab, internetga ulanish sifati va barqarorligini, shuningdek, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yuqori darajali servisni qadrlovchi, ITdan o‘z faoliyatida yuqori darajada foydalanadigan korxona va tashkilotlar hamda ofislar uchun yangi tarif rejalari seriyasi taqdim etildi. Shuni ta’kidlamoqchi edimki, kompaniyamiz korporativ mijozlari internetga ulanish paketiga kiritilgan o‘nlab bepul xizmatlarni oladilar. Ularga masalan, liniyalarni ulash va diagnostikasi, foydalanishga modem taqdim etish va statik IP-manzil ajratish, texnik qo‘llab-quvvatlash 24/7, shaxsiy menejer kiradi.

Kompaniya optik-tolali tarmog‘i bo‘yicha Internetga ulanadigan turar-joylarning qamrovini 30 foizga yetkazdi. Nihoyat 2013-yilda keng polosali ma’lumotlar uzatish xizmatlarining qamrov maydoni Toshkent shahridagi 70% uy va xonadon egalariga taqdim etildi, bugungi kunga kompaniya mijozlarining uchdan bir qismi internetga optic-tolali tarmoq orqali ulanadi. 2014-yilda kompaniya bu ko‘rsatgichni 50 foizgayetkazishni rejalashtirgan. Hozirgi vaqtda ADSL-foydalanuvchilari Sarkor Telekom xizmatlariga ulanishda foydalanish uchun nafaqat zamonaviy modem, balki o‘z hisob-raqamida rag‘batlantiruvchi bonus olish imkoniga ega bo‘ladilar (batafsil www.sarkor.uz saytida).

Kompaniya 2013-yil dekabr oyidan barcha abonentlarga innovatsion servis – onlayn-to‘lov xizmatini taqdim etdi. Endi internetga ulanish xizmati uchun to‘lovni uydan chiqmay turib, kompaniyalar saytida amalga oshirish mumkin. To‘lov punktlarini izlab yurish, ularning ish rejimi, terminallar bilan yoki ularsiz muammolar ortda qoldi. Bu haqiqatdan ham qulay va oson.

2014-yilda ko‘plab mijozlarimizga internetga ulanishda ilg‘or texnologiyalarga o‘tish, shuningdek, kompaniyamizning butkul yangi servislari taqdim etiladi. Mazkur yoqimli o‘zgarishlardan ayrimlari yaqin orada joriy etila boshlaydi.

Kirib kelayotgan yilda Sarkor Telekom kompaniyasi nomidan barcha internet-foydalanuvchilargaa va mamlakatimiz aholisiga mustahkam sog‘liq, ish faoliyatida omad, uzluksiz aloqa va sifatli xizmat turlariga ega bo‘lishlarini tilaymiz.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq