Osman Turan: yuqori sifat, korporativ mas’uliyat va xalq ishonchini qozonish — Ucell’ning asosiy maqsadi
03.01.2014
Rukn: Intervyu, Mobil aloqa.
Muallif: .

ucell_31_12_2013

O‘tgan yil yakunlarini hisobot qilib shuni ta’kidlashdan xursandmanki, 2013-yil kompaniyamiz uchun yana bir rivojlanish bosqichi bo‘ldi. Bu yil Ucell uchun abonentlar soni, qamrab olgan hududi va taklif etayotgan xizmatlarining keng turlari bo‘yicha O‘zbekiston mobil aloqasi bozoridagi yetakchilardan biri sifatida o‘z tutgan o‘rnini mustahkamlash yili bo‘ldi.

Ma’lumki, Ucell Yevropada yirik telekommunikatsiya operatorlaridan va mobil aloqasi asoschilaridan biri bo‘lgan «TeliaSonera» kompaniyasi guruhlari qatoriga kiradi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda mobil kommunikatsiyasi sohasini rivojlantirish uchun kompaniyamiz o‘z faoliyatida eng yaxshi jahon tajribalarini qo‘llashga intiladi. Maqsadlarimizning tasdig‘i sifatida shuni aytish mumkinki, 2013-yilda Ucell tarmog‘ini rivojlantirish va kengaytirish uchun 300 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ kiritildi.

Faxr bilan shuni ham ma’lum qilishni xohlardimki, Ucell O‘zbekistonda eng yirik soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi. Faqat 2013-yilda 280 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘ladik. O‘tgan yillar mobaynida Ucellning O‘zbekistondagi homiylik yordamlari hajmi 11 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Bu o‘z navbatida, biz yashayotgan va ishlayotgan jamiyatning rivojlanishiga qo‘shgan hissamizdir. Bolalarga g‘amxo‘rlik va muhtojlarga yordam berish Kompaniyamizning ijtimoiy korporativ mas’uliyati hisoblanadi. Barcha loyihalarimizni sanab o‘tirmayman. Ular juda ko‘p! Biroq shuni aytmoqchimanki, har bir xayriya aksiyalarimiz yoki ijtimoiy loyihalarimizda abonentlarimizning juda katta hissalari bor.

2013-yil qator juda muhim loyihalar amalga oshirildi. Ko‘plab yangi ommaviy segment hamda korporativ sektorga yo‘naltirilgan tariflar ba xizmatlarni joriy etdik. Abonentlarimiz ehtiyojlarini o‘rganib va tahlil etib, yangi tariflar va hizmatlarni ishlab chiqdik. Masalan, yil boshida bizning ommaviy xizmatlarimizga uch oy mobaynida bepul ulanish xizmatini taqdim etuvchi, keng ko‘lamli «Uchga uch» aksiyasini taqdim etdik. O‘zbekiston mobil aloqasi bozorida o‘xshashi bo‘lmagan «Erkin suhbat» ajoyib tarifi esa abonentlarga birinchi to‘lovli 30 daqiqadan so‘ng to kun oxiriga qadar tarmoq ichida bepul va cheklanmagan muloqotga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi.

ucell_31_12_2013_1

Axborot texnologiyalarining yuqori sur’atda jadal rivojlanishini bilan insonlarga yaqin yordamchi va hamroh bo‘lib ulgurgan, yangiliklar olamidan xabardor qiluvchi hamda ko‘ngilochar mobil telefondan foydalanish ehtiyoji ham o‘smoqda. Hozirgi vaqtda so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish, yaqinlar va qarindoshlar, chet ellardagilar bilan muloqot qilish, do‘stlardan xabar olish uchun uzoqqa borib yurishning hojati yo‘q. Mobil internet taqdim etayotgan kommunikatsiya xizmatlarimizning ajralmas qismidir. Taqdim etayotgan internet-paketlarimiz esa internetni yanada yaqinlashtirad va qulaylashtiradi. Buni Ucell internet-foydalanuvchilari soni 2013-yilda 25 foizga oshganligi bilan tasdiqlaydi. Foydalanuvchilar soni oshganligi evaziga tashqi internet-kanalini 20 foizga kengaytirish ishlari amalga oshirildi, bu mobil internetning yaxshilash tezligi va sifatini sezilarli oshirishga, jahon tarmog‘iga ulanishining barqarorligini ta’minlash imkonini berdi.

Yangi imkoniyatlarni ochishdan tashqari allaqachon taqdim etilgan mavjud xizmatlarni ham takomillashtirish juda muhim. 2013-yilda Toshkent, Samarqand shaharlarida, Sirdaryo viloyatida HSPA+ texnologiyasini ishga tushirgan O‘zbekistonda birinchi va yagona mobil operatori bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekistonning qolgan mintaqalarida mazkur texnologiyani qo‘llab-quvvatlovchi bazaviy stansiyalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Mazkur texnologiya Ucell tarmog‘ida mobil ma’lumotlar uzatish tezligining ko‘p marta oshirish imkonini beradi.

Rouming-hamkorlar tarmoqlarida hizmatlarni muvaffaqiyatli ishga tushirilishi evaziga mobil internet va roumingda foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar o‘sib bormoqda. Ucell abonentlari uchun chet ellarda rouming tarmoqlari soni o‘sib bormoqda. Endi qo‘ng‘iroq qilish va SMS-xabarni jahonning 162ta mamlakatidagi 413ta rouming-hamkorlar orqali jo‘natish mumkin, mobil internetdan foydalanishda esa 290tadan ortiq tarmoqlardan foydalaniladi. Abonentlarimizga roumingda tejamkorlikka imkon beruvchi foydali xizmatlarni ishlab chiqdik. Abonentlar xalqaro rouming xizmatlari uchun oldindan to‘lov tizimi orqali qaysi mamlakatda bo‘lishlariga qarab, «Uyga qo‘ng‘iroq» xizmati uchun O‘zbekistonga daqiqasiga 50 sent bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Mazkur xizmat abonentlarga 90 foizgacha tejash imkonini beradi. Ucell abonentlari nafaqat past narxda qo‘ng‘iroq qiladilar, balki roumingda, TeliaSonera operatorlarida megabayt uchun bor-yo‘g‘i 45 sent evaziga mobil internetidan foydalana oladilar.

Abonentlarga xizmat ko‘rsatish biz uchun doimo birinchi navbatdagi vazifadir. Kompaniyaaning asosiy vazifasi abonentlarimizga maksimal qulaylik yaratish bo‘lib hisoblanadi. 2013-yilda Qarshi, Navoiy, Qo‘qon hamda Toshkent shaharlaridagi xususiy ofislarida rebrending bo‘yicha katta miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Abonentlarimizga «TeliaSonera» kompaniyasi tomonidan qabul qilingan yuqori darajadagi standartlarga javob beradigan zarur uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy, qulay ofislarda xizmat ko‘rsatilishi uchun g‘amxo‘rlik qilamiz. Bir yil mobaynida xususiy sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislarimizda 600 mingdan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatildi. Hizmatlarimiz mijozlarimizga qulaylik uchun yaratilganligini ta’kidlab o‘tmoqchi edim. Ular orasida — «Online Call Center» yagona portali hamda «Navbatdan tashqari» xizmati juda ommalashdi. Abonentlar onlayn rejimida operatorga savol berib, juda qisqa vaqt mobaynida batafsil javob olishlari mumkin. Call Center xodimlari tomonidan 6,5 million qo‘ng‘iroq qayta ishlandi.

2013-yilda an’anaviy tarzda barcha Ucell dilerlik tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, uzoqda joylashgan aholi punktlari uchun monobrend nuqtalarini ilgari surish bo‘yicha choralar amalga oshirildi, bunday nuqtalar yilning boshiga nisbatan 6 foizga oshirildi. Kompaniya uzoqda joylashgan aholi punktlari aholisini aloqa va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida mobil dilerlar sonini ko‘paytirdi. Albatta, erishilgan natijalarda to‘xtab qolmaymiz. Yangi 2014-yilda dilerlik tarmoqlari uchun katta miqyosda yangilanish rejalashtirilmoqda.

O‘tgan kuz fasli bizga treninglar tashkil etish va yosh mobil ilovalar ishlanmalarini tayyorlovchilar uchun konferensiyalar kabi ko‘plab yorqin hodisalarni in’om etdi. Qualcomm va Odnoklassniki kabi taniqli kompaniyalar bilan hamkorlikda treninglar o‘tkazdik. Mazkur tadbirlar doirasida ishlanma tayyorlovchilar va dasturchilar qo‘shimcha texnologiyalar asosida mobil ilovalar ishlanmalarini yaratish asoslariga o‘qitildi, bugungi kunda mobil ilovalar rivoji haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar, smartfon va planshetlar uchun mustaqil mobil ilovalar ishlab chiqdilar.

Kompaniyamiz har yili an’anaviy ICTExpo Milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasida faol ishtirok etadi. Shunisi quvonchlik, ko‘rgazma natijalariga ko‘ra Ucell mana bir necha yillardan buyon eng ko‘p tashrif buyuriladigan stend uchun sovrin olishga muyassar bo‘ladi. 2013-yilda «Eng ko‘p tashrif buyuriladigan stend» nominatsiyasida ikkita — ham Toshkent va ham Jizzax shahridagi ko‘rgazmalarda sovrin olishga muyassar bo‘ldik. Mubolag‘asiz, aytish mumkinki, Ucell stendi juda katta ommaviylikka erishdi va ko‘rgazmadagi eng o‘ziga jalb etuvchi ekspozitsiyaga aylandi.

Abonentlarimizni doimo qiziqarli takliflar va aksiyalar bilan quvontirishdan xursand bo‘lamiz. Yangi yil arafasida barcha internet-foydalanuvchilariga yangi «Internet-poyga» aksiyasini e’lon qildik. Bosh sovrin ikki kishilik «Formula 1» Gran-prisi uchun Malayziyaga yo‘llanmadan iborat, unga bepul manzilga yetib olish va besh yulduzli otelda yashab turish ham kiritilgan. Aksiyada ishtirok etib, planshetlar, smartfonlar va boshqa qimmatbaho sovrinlarni yutib olish mumkin!

Shuningdek, ajoyib «Baxtli tasodif» aksiyasi katta qiziqish hamda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Aksiyaning sovrinlar fondi — videokameralar, Galaxy Tab planshetlari, noutbuklar, LED televizorlari, kir yuvish mashinalari, shuningdek, 120 million so‘m mablag‘ va 2ta Kia Optima avtomobilidan iborat bo‘ldi. O‘ylaymanki bularning har biri Yangi yilga ajoyib sovg‘a bo‘ldi. G‘oliblarning quvonch va baxtdan porlagan ko‘zlarini ko‘rish juda hayajonli bo‘ldi, ular uchun erishgan sovrinlari haqiqatda baxtli tasodif bo‘ldi! O‘z baxtli tasodifiga erishgan va qimmatbaho sovrin egasi bo‘lganlarni tabriklashdan juda baxtiyorman, qolganlarga chin qalbdan omad va g‘alabaga ishonch tilayman.

Yangi yilda kommunikatsiyalarimiz vositasida hayotni mazmun bilan to‘ldirib, yanada yaxshilanishiga hissa qo‘shishda davom etamiz. Rejalar ko‘p, asosiysi: tarmoqni yanada kengaytirish va yaxshilangan, aloqa sifati bilan yangi, qulay va innovatsion xizmatlarni joriy etishdan iborat.

Xulosa qilib, barcha abonentlarimizga kompaniyamizga bo‘lgan ishonchlari uchun minnatdorchilik izhor etib, O‘zbekiston aholisini Yangi 2014-yil bilan muborakbod etmoqchiman, chin qalbdan boshlayotgan ezgu-amallarida muvaffaqiyatlar va har bir o‘tayotgan kundan quvonch olib yashashlari, erishgan yutuqlarida to‘xtab qolmay, doim intilib yashashlarini tilab qolaman! Har bir xonadonga muhabbat va baxt nuri yog‘ilib tursin!

Yangi yil bilan!
Osman Turan, Ucell Bosh Direktori

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq