“Beeline” tarmog‘ida 31 dekabrdan 1 yanvargacha 450 millionga yaqin qo‘ngiroq amalga oshirildi
03.01.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (VimpelCom Ltd O‘zbekistonda) 2013 yil 31 dekabr va 2014 yilning 1 yanvar kunlari tarmoq faoliyatining yakunlari haqida xabar beradi. 2 kun davomida “Beeline” tarmogida umumiy hisobda 450 millionga yaqin qo‘ng‘iroqlar amalga oshirildi. Bunda yangi yilning dastlabki soatida kompaniya abonentlari 20 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirdilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: ““Beeline”ning texnik va IT-mutaxassislari tarmoqning yuqori darajadagi yuklanishiga tayyorgarlikni yuksak darajada o‘tkazdilar. Ularning faoliyati yangi yil trafikini jiddiy notekisliklarsiz xizmat ko‘rsatishiga imkon berdi: bu ma‘noda asboblarning ma‘lumotlari abonentlarning ijtimoiy tarmoqdagi mulohazalari va call-markazga tushgan murojaatlarga to‘liq to‘g‘ri keldi. Bizning millionlab mijozlarimiz o‘z yaqinlarini nafaqat telefon, balki internet orqali ham tabriklay olganlaridan hursandmiz”.

beeline_3_01_2014

31 dekabr va 1 yanvar kunlari mobil Internet trafigining hajmi 39 million Megabayt (37 Terabaytdan ortiq) dan oshdi. Eslatib o‘tamiz, 31 dekabr – 1 yanvar kunlari “Beeline” tarmog‘ida 40 millionga yaqin SMS yetkazib berildi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq