ZTE vakolatxonasi rahbari Bi Peng Song (Bi Pensun) bilan suhbat
02.01.2014
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

zte_30_11_2013

Kompaniyaning 2013-yil uchun dastlabki yakunlari
2013-yil kompaniyamiz uchun ijobiy natijalar yili bo‘ldi. «O‘zbektelekom» AK bilan yirik loyihalarni amalga oshirishda davom etdik, jumladan, respublika bo‘yicha yirik loyihalardan biri NGN-loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlandi. Bundan tashqari, respublikaning Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida «O‘zMobayl» kompaniyasi uchun CDMA-450 tarmog‘i tijorat foydalanishga topshirildi.

«Navoiy» EIIZ’da «Telecom Innovations» QK kengpolosali DSLAM, ADSL2+ abonentlikqurilmalari, IP bazasida interaktiv televideniya tizimi uchun IPTV-STB terminali ishlab chiqilmoqda.

«Coscom» (TM Ucell) XK MCHJs kompaniyasi bilan ko‘p yillik samarali hamkorlik davom ettirilmoqda. Ular uchun mobil aloqa tarmog‘ini, shuningdek, qo‘shimcha servislarni rivojlantirish davom ettirilmoqda.

Elektr ta’minotning telekommunikatsiya obyektlari uchun quyosh panellari asosida energiyani tejash tizimlari kabi muqobil tizimlarni joriy etish davom ettirilmoqda.

zte_30_11_2013_1

ZTE korporatsiyasi O‘zbekistonda terminal mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha mobil aloqaning yetakchi GSM va CDMA-operatorlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.

USB-modemlar: mobil aloqa operatorlaridan sotib olish mumkin bo‘lgan MF190, MF667 modellari yetkazib berish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, UZTE brendi ostida smartfonlar ishlab chiqaruvchi «PENG SHENG» QK bilan hamkorligimizni ta’kidlab o‘tishni xohlardim. Hozirgi vaqtda bozorda uch modeli taqdim etilgan, biroq yaqin orada uning turlari qatori kengaytiriladi

ZTE korporatsiyasi kompaniya servis-markazida avtorizatsiyalangan terminallarga servis xizmat ko‘rsatish vositasida mahsulotlarimiz sifatini kafolatlaydi.

Mahsulotlarimiz sifati mijozlarimizning talablaiga muvofiq kelmoqda.

2014-yil rejalari
2014-yilda telekommunikatsiya operatorlari bilan kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, yangi salohiyatli mijozlarni izlash rejalashtirilmoqda.

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq