2013 yilda “Beeline” call-markazi tomonidan 73 millionga yaqin murojaatlarga xizmat ko‘rsatildi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining 2013 yildagi faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda.

O‘tgan yilda “Beeline” call-markazining IVR (Interactive Voice Response) Interaktiv ovozli tizimi tomonidan, 2012 yilning rekordini takrorlab, 73 mlnga yaqin qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatildi. Bunda ushbu davrda deyarli 14 mlndan ortiq qo‘ng‘iroqlarga operatorlar tomonidan xizmat ko‘rsatildi. Shunday qilib, IVR axborot tizimi abonent so‘rovlarining qariyb 81% ining to‘liq ishlovini ta’minladi.

beeline_2_01_2014

“O‘tgan yil voqealar bilan boy bo’ldi va bu operatorlarning vazifasiga tushgan yukga ta’sir ko‘rsatdi, – call-markaz faoliyati statistikasini sharhlaydi Unitelning Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining rahbari Lyudmila Chaykovskaya. – Ovozli xizmatlarning takomillashgani va yuzlab mutaxassislarning ishi tufayli “Beeline”ning mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini 2013 yilda ham tasdiqladik”.

So‘rovlarning mavzusiga kelsak, 2013 yilda ularning eng katta qismiga mobil Internet sozlamalari, USSD-kodlar, qo‘shimcha xizmatlar, shuningdek to‘lov usullari hamda tarif shartlariga to‘g‘ri keldi.

Eslatib o‘tamiz, 0611 bepul raqamdan tashqari, kompaniya abonentlari 0612 tijorat liniyasidan, shuningdek “Onlayn-maslahatchi” http://0611.beeline.uz noyob chatdan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, STATUS mijozlariga – 0777 alohida ajratilgan kanali bo‘yicha sutka davomida xizmat ko‘rsatish amal qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system