Yangi yil arafasida “Orzu” supermarketida “Beeline”ning yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi
30.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yangi yil bayramlari arafasida “Orzu” (sobiq “Mir Store”) supermarketida yangi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisini ochdi.
“Bu “Fleshka” texnomarkazi va “MEGAPLANET” gipermarketidan keyin poytaxtda ochilgan “Beeline”ning uchinchi xususiy ofisi hisoblanadi, – deydi “Unitel”ning Toshkent hududiy filialining direktori Dmitriy Resh. – Ishonch bilan shuni aytish mumkinki, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatimiz mutlaqo yangi darajaga chiqqan va ushbu faoliyatni 2014 yilda ham davom ettirish niyatimiz bor”.
Tantanali ochilish marosimi 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Shahrisabz shahrida (Qashqadaryo viloyati) kompaniyaning yangi savdo va xizmat ko‘rastish ofisi ochilgan.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorlardagi savdosi bo‘yicha direktori Maksim Yefremov quyidagilarni qayd qildi: “Servis strategik ustuvorliklarimiz orasida qolmoqda: shu yilning o‘zida butun O‘zbekiston bo‘ylab 8 ta yangi savdo ofisi ochilgan. Nafaqat toshkentliklar, balki Samarqand, Zarafshon, G‘ijduvon, Denov va Shahrisabz aholisiga “Beeline”da yanada qulayliklar yaratildi. Sariq rangli firma foizsiz to‘lov terminallarining tarqatilishi intilishlarmizni kompaniya xizmatlaridan foydalanishni osonlashtirish harakatlari bilan mujassamlashadi”.
Manba: kompaniya press-relizi