Qiziqarli FAKTlar
30.12.2013
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni chop etishda davom etamiz. Mazkur sahifamizda Noutbuk akkumulyatori haqida so‘z boradi.

Noutbukda akkumulyator muhimmi?

Bugungi kunda ko‘pchiligimiz monitor va tizimli blokdan iborat shaxsiy kompyutеrni emas, balki kichik ekran hamda mitti klavishli klaviaturaga ega noutbukka ega bo‘lishni afzal bilamiz. Bumi xizmat safariga bormoqchi bo‘lganlarga qanchalik qulayligini yaxshi biladilar, asosiysi bugungi kunda noutbuk modеllari ham narxi, ham qulayligi jihatiidan shaxsiy kompyutеrdan ko‘ra ustunlikka ega bo‘lmoqda. Shunday bo‘lsada, ayrim mutaxassislar aksini ta’kidlamoqdalar.

Shunday qilib, kim noutbukda ishlashni ko‘proq afzal ko‘radi degan savol yuzaga keladi. Uy sharoitida ishlashda noutbuk akkumulyatorini tarmoqdan uzib qo‘yish kerakmi? Qisqa javob — hammasi sizning noutbugingizda qanday turdagi akkumulyator mavjudligiga bog‘liq. Noutbuklar uchun zamonaviy batareyalarda «batareya xotirasi» degan tushuncha mavjud emas! Eng asosiysi, batareyani uzoq muddatga batamom quvvatsiz qoldirish mumkin emasligini unutmaslik zarur.

it_30_11_2013

Biroq elektr texnika detallariga chuqurroq kiradigan bo‘lsak, mikrosxema ichidagi akkumulyator batareyalari noutbukda kontroller bilan hamkorlikda ishlab, qachon quvvat batamom tugashini aniqlaydi va zarur bo‘lganda uni o‘chirib qo‘yadi! Shunga muvofiq akkumulyatoringiz quvvat olib bo‘lgan bo‘lsa, unga boshqa quvvat zarur emas, deb hisoblanadi. Agar elektr tarmog‘ida elektr ta’minoti muammoli bo‘lsa, unda noutbuk akkumulyatori batareyasi UPS (uzluksiz ta’minot manbai) vazifasini o‘taydi hamda tok tarmog‘ida kuchlanish bo‘lganda ham akkumulyator hisobiga katta kondensator kabi ishlaydi! Shunday ekan, batareyani olib tashlashning hojati yo‘q.

«O‘tmish avlodning» «zararli maslahatlari»?
Ko‘pincha «eski noutbuk egalari» uzoq vaqt ishlash sharoitida akkumulyatorni olib tashlashni maslahat beradilar. Noutbuk ishonchli elektr tarmog‘ida bog‘lishi: go‘yo noutbukdan foydalanishda elektr tarmog‘i akkumulyatorni doimo quvvatlantiradi, bu esa uni umumiy ishga layoqatlilik muddatini qisqartiradi…

it_30_11_2013_1

Yana bir shunday maslahat
Birinchidan, noutbuk akkumulyatori uning sig‘imi 95 foizdan tusha boshlashi bilan quvvatsizlana boshlaydi (quvvat olishning aniq darajasi noutbuk modeliga bo‘liq bo‘ladi).

Ikkinchidan, akkumulyator ko‘p martali «quvvatsizlanish-quvvat olish» sikli bilan ishlashga mo‘ljallangan.

Uchinchidan, noutbuk akkumulyatori tok bo‘lmaganda ham uzluksiz quvvat manbai vazifasini o‘taydi, noutbuk akkumulyatori bilan tok manbaidan quvvat oladi!

To‘rtinchidan, noutbuk akkumulyatori muntazam foydalanilganda doimo «jangavor ruhda turadi», ya’ni doimo quvvatlangan bo‘ladi, bu esa ishga mobil holda tayyor turishini anglatadi. Agar akkumulyator noutbukdan uzilgan bo‘lsa, unda avtonom ishlashdan (masalan, xizmat safaridan) oldin uni noutbukka ulash va yetarli vaqt mobaynida (ko‘pincha baribir yetishmaydi!) manbadan quvvat olishi zarur, sababi har qanday akkumulyator u yoki bu darajada quvvatsizlanib boradi.

Beshinchidan, agar avtonom ravishda, noutbukdan ko‘p foydalansangiz, unda bunday maslahatlardan foydalanish bema’nilikdir.

Yuqorida bayon etilgan fikrlarning barchasi litiyli-ionli (Li-ion) akkumulyatorlar uchundir. Barcha shunday jihozlangan zamonaviy noutbuk modellari uchun muvofiq keladi. Li-ion-akkumulyatorlarida «xotira effekti» mavjud emas, shu bois ularni manbadan «quvvatga to‘yintirishda» ortiqcha ushlab turmaslik zarur.

«Xotira effekti» nima?
«Xotira effekti» bu akkumulyatorning qancha quvvatni sarflagani haqidagi axborotni «eslab qolishidir», necha marta quvvat olganini, uning to‘liq sig‘imi qandaydir miqdorda va necha marta energiya quvvati olishga mo‘ljallanganligini «hisobga olishi»dir. Shu sababli quvvati to‘liq tugallanmagan akkumulyator kam manba quvvatga ega bo‘lganda qancha zarur bo‘lsa, shunchadan ortiq manbani jamlay olmaydi. «Xotira effekti» ko‘pincha nikelli-kadmiyli (Ni-Cd), kam holatda esa — nikelli-metallogidridli (Ni-MH) akkumulyatordan iborat bo‘ladi.

Akkumulyatorsiz noutbuk — bu noutbuk hisoblanmaydi yoki hali noutbuk emas?
Statistika bo‘yicha noutbuk elektr quvvati 95% holatda ham ishlay oladi. Agar noutbukdan statsionar shaxsiy kompyuter sifatida foydalansangiz, elektr tarmog‘i uzluksiz bo‘lsa, unda akkumulyatorsiz ham ishlay olishingiz mumkin.

Aytgandek, ko‘pgina kompaniyalar akkumulyatorsiz noutbuklarni ishlab chiqarmoqda, ular barqaror xaridorlarga ham ega (bunday noutbuklar bahosi, tabiiyki, akkumulyatorlilardan arzon bo‘ladi): masalan, Sony PCG-F610, Elitegroup DeskNote (i-Buddie), Tayvan ASUSTeK kompaniyasi akkumulyatorsiz noutbuklarni muvaffaqiyat bilan bozorga taqdim etmoqda.

Noutbuk akumulyatorining xizmat muddati qancha?
Statistik ma’lumotlar bo‘yicha noutbuk akkumulyatorining o‘rtacha xizmat muddati 2–3 yil (ayrim holda noutbuk xizmat muddati — 6–7 yil) dan iborat. Noutbuk akkumulyatorining xizmat muddati ko‘pgina: akkumulyator turi, sig‘imi, foydalanish sharoiti va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Izoh:
1. Yangi noutbuk akkumulyatorida «to‘liq quvvat olish — to‘liq quvvatsizlanish — to‘liq quvvat olish» mashqlarini 3–5 marta takrorlash mumkin.
2. Noutbuk xarid qilganda (ayniqsa, internet-do‘konlarda), — agar ilgaridagi kabi (akkumulyatorli) noutbuk bo‘lsa, — uning texnik ko‘rsatkichlariga e’tibor qarating — «konstruktiv» akkumulyator mavjudligi doim alohida ko‘rsatiladi.
3. Agar noutbukda akkumulyator batareyasi kalibrovkasi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, BIOS Setup utilitlar vositasiga e’tibor qarating.
4. Agar noutbukda nikelli-kadmiy (Ni-Cd) yoki nikelli-metallogidrid (Ni-MH) akkumulyatori bo‘lsa, yuqoridagi «to‘liq quvvat olish — to‘liq quvvatsizlanish — to‘liq quvvat olish» mashqlarini tez-tez takrorlang.
5. Noutbuk akkumulyatori xona haroratiga moslashtirilgan bo‘lsa, diapazoni — Q10°C dan Q35°C bo‘lishi shart.
6. Li-ion-akkumulyatorining to‘liq quvvatlansizlanishiga yo‘l qo‘ymang.
7. Li-ion-akkumulyatorini ortiqcha zahiraga sotib olmang.
8. Noutbuk akkumulyatoridan — 3 soatgacha foydalaning.

Nima uchun vaqt o‘tishi bilan batareya o‘zgaradi?
Hamma gap noutbuk qurilmasi akkumulyatoridadir. Noutbuk batareyasi kontroller va elementlar blokidan iborat. Elementlar bloki akkumulyator quvvatini ushlab turadi, kontroller esa batareya quvvati darajasini ko‘rsatadi.

Agar kontroller akkumulyator quvvati darajasini, masalan, 50% o‘rniga 30% sifatida noto‘g‘ri ko‘rsatsa, avtonom ish faoliyati 20 foizga qisqaradi. Bu holda noutbuk akkumulyatori kalibrovkasi samarali foyda beradi.

Shuningdek, bir elementlar bloki quvvat olishi mumkin. Bunday hol yuzaga kelsa, noutbuk batareyasini ta’mirlash zarur.

Noutbuk akkumulyatorini tiklash
Kalibrovkani amalga oshirish uchun firma utilitasidan foydalanish afzal. Uni noutbugingiz ishlab chiqaruvchisi saytidan saqlab olish mumkin. Agar ishlab chiqaruvchi saytida biror foydali maslahat topmasangiz, unda kalibrovkani eski ishonchli usulda amalga oshirganingiz ma’qul.

Noutbuk batareyasini to‘liq quvvatlansizlantiramiz. Keyin quvvat darajasi tushib ketganidan so‘ng, batareyani to‘liq quvvat oldiramiz. Shunday kalibrovka evaziga kontroller quvvat darajasini to‘g‘ri ko‘rsatadi. Mazkur jarayonni unutmang va hech bo‘lmaganda oyda bir bor shu amalni takrorlang.

Xulosa qilib aytganda, mazkur kichik infografikaga e’tibor qaratishni shifokorlar tavsiya qilmoqdalar: kompyuter oldida to‘g‘ri o‘tiring.

it_30_11_2013_2

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq