“Beeline” Yangi yilda manfiy balansda ham aloqada bo‘ladi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yangi yil bayramlarida o‘z abonentlariga minus $0,50 gacha muloqot qilish imkoniyatini taqdim etadi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev shunday dedi: “Shu kunlarda aloqada qolish qanchalar muhim ekanligini yaxshi tushunamiz, shunday ekan, “Beeline” abonentlari hatto manfiy balansda ham o‘z yaqinlarini tabriklashlari va o‘z navbatida tabriklarni qabul qila olishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqdamiz. Mazkur aksiya maxsus ulanishni talab qilmasligini va avtomatki tarzda amal qilishini alohida ta’kidlamoqchiman”.

ng_30_11_2013

Aksiyaning amal qilish muddati – 2013 yil 29 dekabrdan 2014 yil 2 yanvargacha (shu kun ham kiradi). Aksiyada “Avtokredit” xizmati oldindan yoqilgan “Status Gold” va “Status Platinum” tariflaridan tashqari hisob-kitob qilishning oldindan to‘lov tizimidagi barcha tarif rejalari ishtirok etadi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system