“Beeline” ommabop xizmatlar va qulay paketlarni birlashtirmoqda

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) qulay muloqot qilish uchun taniqli xizmatlar qirgan yangi paketlarni taqdim etadi. Endilikda kompaniya abonentlariga oyiga atigi $2.99 evaziga “Ommabop Internet”, “Modali yozishmalar”, “Qiziquvchanlik”, “Yorqin Internet” va “SMS-maniya” paketlari amal qiladi.

“Bayram oldi kunlarda “Beeline” abonentlari yanada ko‘proq muloqot qila boshladilar, — deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev, — chunki har birimiz barcha yaqinlarimizga e’tibor ajratishni va ularni yangi yil bayramlari bilan tabriklashni istaymiz. Kompaniyamiz vazifangizni yengillashtirish va qarindosh hamda do‘stlar bilan aloqa qilish uchun qo‘shimcha qulay opsiyalarni sovg‘a qilish uchun butun kuchini ishga solgan”.

“Ommabop Internet” paketi ijtimoiy tarmoq va jahon yangiliklari shinavandalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z ichiga “Barcha tarmoqda” va “Informer” xizmatlarini oladi. Ulanish kodi *110*01*1#

“Modali yozishmalar” paketi “Barcha tarmoqda” va O‘zbekiston bo‘ylab 100 ta SMSni o‘z ichiga oladi. Ulanish kodi *110*01*2#

“Qiziquvchanlik” — bu “Barcha tarmoqda”, “Xabardor bo‘l” va “Raqamni antianiqlash” ommabop xizmatlari. Ulanish kodi *110*01*3#

“Yorqin Internet” paketi “Barcha tarmoqda” va 30 Mb trafikni o‘z ichiga oladi. Ulanish kodi *110*01*4#

“SMS-maniya” paketi — bu 150 ta xalqaro va 150 ta mahalliy SMS. Ulanish kodi *110*01*5#

Paketning bahosi ulanish paytida bir yo‘la hisobdan chiqariladi. Amal qilish muddati faollashtirilgan kundan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system