«Beeline» ofislarining yangi yil kunlaridagi ish tartibi belgilandi
30.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori «Beeline» («Unitel» MCHJ va «Buzton» QK MCHJ) yangi yil faoliyati tartibiga o‘tganligini xabar qiladi. 31 dekabr kuni butun mamlakat bo‘ylab kompaniya ofislari 18:00 ga qadar ochiq bo‘ladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, «Unitel»ning ommaviy bozordagi savdosi direktori Maksim Yefremov shunday dedi: «Beeline» abonentlari bayram kunlari aloqada qolishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqdamiz, shunday ekan Yangi yil arafasida ofislarning ishlashidan tashqari butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab kompaniya ofislarida foizsiz to‘lov terminallarining sutkalik faoliyati ta’minlanadi. Bu mijozlarimizga o‘zlariga qulay paytda hisoblarini o‘z vaqtida to‘ldirish imkonini beradi».

beeline1_30_11_2013_1

Sariq rangdagi «Beeline» foizsiz to’lov terminallari 1 yanvarda «Unitel»ning Toshkent, Qarshi, Samarqand, Jizzax, Andijon, Farg’ona, Namangan, Qo‘qon va Termizdagi xususiy savdo va xizmat ko’rsatish ofislarida ishlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq