UZTELECOM «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha amal qiluvchi yana 8ta yangi sotuvlar ofisining ochilishi

uztel_28_11_2013

Yangi yil bayrami arafasida 2013-yil 28-dekabr kuni «Ozbektelekom» AK «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha amal qiluvchi yana 8ta yangi sotuvlar ofisini ochmoqda.

28-dekabr kuni Toshkent shahri Bektemir tumanidagi 295-ATS binosida UZTELECOM «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha amal qiluvchi yana 8ta: Toshkent shahrida, shuningdek, Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Qaraqalpog‘iston Respublikasida yangi sotuvlar ofislarining ochilishi marosimi o‘tkazildi.

uztel_28_11_2013_1

«Yagona oyna» yordamida har qanday abonent: telefoniya, ajratilgan liniya bo‘yicha Internet, simsiz telefoniya va CDMA-450 standarti mobil Internet, videotelefoniya xizmatlari va hatto IPTV – raqamli interaktiv televideniya xizmatlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, – deb sharhlaydi, «O‘zbektelekom» AK biznesni rivojlantirish, xizmatlar va mahsulotlar sotuvi departamenti direktori v.b. Alisher Zufarov, – agar ilgari kompaniya abonentlariga qayd etilgan telefoniya, internet-ulanish, mobil aloqa va boshqa xizmatlar olish uchun «O‘zbektelekom» AK filiallariga alohida murojaat etishlari kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi yangi sotuvlar ofisiga kirishlari hamda bir joyda barcha xizmat turlari, shu jumladan, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini olishlari mumkin».

uztel_28_11_2013_2

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 6-aprel PQ-1615 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayorgarlik va o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2011-yilgacha butun mamlakat bo‘ylab «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha birinchi 50ta savdo punktlarini jihozlashni amalga oshirgan.

uztel_28_11_2013_3

2012-yilda «O‘zbektelekom» AK butun mamlakat bo‘ylab «yagona oyna» 94ta sotuvlar ofislarini foydalanishga topshirdi.

Joriy yilda yana 19ta shinam va qulay ofislar foydalanishga topshirildi. Bunda asosiy e’tibor sotuvlar ofislarini mamlakatimiz tuman markazlari va qishloq joylarida tashkil etishga qaratilmoqda.

Yangi sotuvlar ofisini ochish bilan yangi ish joylarini ham yaratamiz, ularda katta qiziqish va ishtiyoq bilan asosan ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari ishga joylashadilar.

Hozirga kelib, «O‘zbektelekom» AK umumiy hisobda 163ta «Yagona oyna» tamoyili asosida ishlovchi sotuvlar ofislari xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

uztel_28_11_2013_4

An’anaga ko‘ra 8ta yangi ofisning tantanali ochilishi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazildi.

uztel_28_11_2013_5

uztel_28_11_2013_6

Orphus system