“Beeline” foizsiz to‘lov terminallari o‘rnatilgan shahobchalar sonini ko‘paytirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) yirik savdo markazlarida kompaniya xizmatlariga foizsiz to‘lov terminallarini o‘rnatishda davom etmoqda. Ushbu uskunalar yordamida abonentlar tranzaksiya uchun vositachilik to‘lovisiz hisoblarni to‘ldirishlari mumkin.

beeline_27_11_2013

“Bu “Beeline” xizmatlariga to‘lashning yangi standarti, – deydi “Unitel”ning ommaviy bozordagi savdosi bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. – Agarda sariq rangdagi, “To‘lovdan % olinmaydi” yozuvli terminalga ko‘zingiz tushsa, ikkilanmasdan balansingizni naqd pul yoki karta yordamida to‘ldirishingiz mumkin: hech qanday vositachilik to‘lovi olinmaydi”.

“Beeline” sariq terminallari o‘rnatilgan yangi manzillar: “Korzinka.uz” supermarketlari (Qoratosh, Sergeli va Yunusobod), shuningdek, “Smart” do‘koni (Darxon).

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning mintaqaviy rivojlantirish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov shunday dedi: “Biz mintaqalarda terminallarni o‘rnatishni boshladik: bugungi kunda Qarshi, Namangan va Farg‘onada savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida birinchi apparatlar ishlay boshlagan. Yaqin kunlarda ularning yordamida xizmatlarga foizsiz to‘lash imkoniyatlari Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Samarqand va Termiz abonentlarida ham paydo bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, apparat yordamida abonentlik balansini ham naqd pul, ham bank palstik kartasi yordamida to‘ldirish mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system