“Beeline Business” “LUKOYL O‘zbekiston” Xauzak-Shodi konida yangi ma’lumotlar yetkazish tarmog‘ini ishga tushirdi
27.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) Buxoro viloyatidagi Xauzak gaz konini aloqa bilan ta’minlash doirasida eng yirik operator hamda “LUKOYL O‘zbekiston” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikning kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Bugungi kunda Xauzak uchastkasida simsiz texnologiyalar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazish tarmog‘ining qurilishi bitkazildi.

“LUKOYL” kabi neft va gaz sohasining giganti bilan hamorlikni yuqori qadrlaymiz, – deydi “Unitel”ning korporativ savdosini rivojlantirish direktori Dmitriy Fisenko. – Shartnomamiz doirasida biz ham Toshkent, ham chekkalarda joylashgan ishlab chiqarish obyektlarida, shu jumladan Xauzak, Qandim va Jarquduq konlarida alohida asosiy stansiyalarni o‘rnatishdan boshlab, bir qator noyob loyiha va takliflarni amalga oshirganmiz. Ishonamanki, yangi texnologiyalarni joriy qilish strategik hamkorligimiz samaradorligini yanada oshishiga xizmat qiladi”.

luk_27_11_2013

Eslatib o‘tamiz, “LUKOYL O‘zbekiston” va “Beeline” o‘rtasidagi shartnoma 2009 yilda imzolangan bo‘lib, o‘z ichiga birlashgan operatorning telekommunikatsion xizmatlarining deyarli butun majmuasini – mobil va qo‘zg‘almas telefoniyadan tortib, Internet tarmog‘iga ulanishning turlicha ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq