«O‘zbektelekom» AK Bosh direktori, Abdurashid Abdumuminovning Yangi yil blits-intervyusi

uztel_26_11_2013

«O‘zbektelekom» AK — o‘z tarmog‘i bilan butun O‘zbekiston Respublikasi hududini qamrab olgan katta telekommunikatsiyalar operatori. Kompaniya quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari va provayderlariga kanallarni ijaraga berish, xalqaro va shaharlararo aloqa, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish barcha turlari, Internet tarmog‘iga ulanish, videokonferensaloqa, CDMA-450 standartida mobil va statsionar aloqa xizmatlari, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallarni tashkil etadi.

O‘tib borayotgan 2013-yil kompaniyasi uchun muvaffaqiyatli va sermahsul yil bo‘ldi hamda mijozlarimiz ehtiyojini qondirish uchun bir qator loyiha vaa rejalarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish imkonini berdi. Taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi:

«Yangi avlod tarmoqlari (NGN) texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash va kengaytirish»
Ushbu XKM-2 va XKM -3ni modernizatsiyalash va kengaytirish loyihasini amalga oshirish «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarida NGN texnologiyalarini joriy etishning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish birinchi bosqichida Xalqaro kommutatsiya markazlari E1 oqimlari sonini 1 386 E1 portlarga oshirish bo‘yicha ishlar bajarildi, bu shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda bir vaqtda ulanishlarni oshirishga imkon beradi;

«Yangi avlod tarmoqlari (NGN) texnologiyasi bo‘yicha mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash va kengaytirish»
Ushbu loyihaning maqsadi «O‘zbektelekom” AK mahalliy tarmoqlarida NGN texnologiyalarini qo‘llab kommutatsiya uskunalarini SI3000 turdagi yangi raqamli kommutatsiya tizimlari bilan almashtirish hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish jarayonida ma’naviy eskirgan telekommunikatsiya uskunalarni zamonaviy, raqamli uskunalarga almashtirish bo‘yicha ishlar bajarildi va mahalliy kommutatsiya stansiyalarni umumiy hajmda 305 348 abonent portlari modernizatsiyasi amalga oshirildi, ulardan 91 936 portlar keng polosali ulanish hisoblanadi.

2013-yilda aloqa magistral liniyalarini rezervlash uchun umumiy uzunligi 2003,631 km bo‘lgan OTAL qurildi va foydalanishga topshirildi. Jumladan, FTTx texnologiyasi asosida: «G‘uzor – Boysun», «Buzatog‘ (Qozonketgan) – Qo‘ng‘irod», «RTS Mo‘ynoq – Kibla Ustyurt», «Denav – Uzun», «Uzun – Shargun», «Uzun – Tojikiston chegarasi», 700ta umumta’lim maktablari, 200ta kasb-unar kollejlari, “Yo‘l-patrul punktlari» gacha optik-tolali liniyalari qurildi.

Xalqaro raqamli oqimlar sig‘imi oshirildi, yil oxirida 74848,018 kanal-km.ni tashkil etdi.

«O‘zbektelekom” AK NGN-tarmog‘ining qurilishi doirasida Toshkent-Farg‘ona vodiysi yo‘nalishi bo‘yicha OSN -6800 (DWDM) uskunalari o‘tkazish qobiliyati 35 Gbit/s.dan 95 Gbit/s.gacha kengaytirildi.

Shu bilan birga, uskunalar(DWDM)ning Toshkent-Buxoro-Nukus, Buxoro-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazish qobiliyati 50 Gbit/s.dan 60 Gbit/s.gacha oshirildi. Shuningdek, bu yil kompaniya tomonidan xalqaro aloqa xizmatlarini rivojlantirish, telefon aloqasi xizmatlarini taqdim etishning dinamik o‘sishi ta’minlandi, ma’lumotlar uzatish, narxi tushirib borilishi bilan Internet global tarmog‘iga ulanish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

Xususan, o‘tayotgan yilda, xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘iga chiqish bo‘yicha yangi uch yo‘nalish foydalanishga topshirildi, mavjud ikki yo‘nalishning o‘tkazish qobiliyati 4 barobar oshirildi. Shuningdek, tashkil etilgan aloqa kanallarini uzluksiz va ishonchli amal qilishini ta’minlash maqsadida, xorijiy hamkorlar bilan hujjat imzolandi va Xorazm viloyatidan Turkmanistonning Toshovuz viloyatiga o‘tish chegaraga tutash joylariga optik-tolali kabellarni yotqizish ishlari yakunlandi.

Mazkur ko‘rilgan choralar O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini jahon telekommunikatsiya tarmoqlariga integratsiyasini tezlashtirishda ijobiy natijalarga erishishiga imkon yaratdi. Xususan, 2013-yilda Internet tarmog‘iga ulanish 30 foizga va 10 Gbit/s.dan oshdi, Internet xizmatlarining narxi esa internet-provayderderlarga 1 Mbit/s uchun 1,3 martadan ortiq arzonlashdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 21-noyabrdagi PQ-1855 sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida XКМ’da IMS/NGN joriy qilishni ko‘zda tutuvchi «Yangi avlod tarmoqlari (NGN) texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash va kengaytirish» loyihasini 2 bosqichda amalga oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

«O‘zMobayl» filiali mobil aloqa tarmog‘ini (CDMA-450) modernizatsiyalash va kengaytirish»
«O‘zmobayl» filiali simsiz ulanish tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
• Respublikaning uzoq joylarda joylashgan mintaqalarida aholi va tashkilotlarni jahon standartlari darajasidagi sifatli aloqa bilan ta’minlash,
• eng yangi texnologiyalarni foydalanishga topshirilishini ta’minlay.
• shaharlararo va xalqaro trafik hajmini oshirish;
• ma’lumotlar uzatish trafik hajmini oshirish
• keyingi avlod tarmoqlariga o‘tishni hisobga olib, mobil aloqa tarmog‘ini yanada rivojlantirish.

CDMA-450 standariti bo‘yicha simsiz tarmoq qamrab olish zonasini oshirish maqsadlarida 140 dona baza stansiyalarini va boshqa uskunalarni o‘rnatish bo‘yicha ishlar bajarildi, buning natijasida uning CDMA-450 standarti mobil aloqasi qamrab olish zonasi respublika aholi punktlari soniga nisbatan 71 foizga yetdi.

uztel_26_11_2013_1

Tashkilotlar va aholi uchun keng turdagi xizmatlarni ko‘rsatib borib, barcha filiallar va kompaniya bo‘linmalari «O‘zbektelekom” AK abonentlari bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha o‘z ishimizni maksimal darajada samarali tashkil etishimiz zarur. Shu maqsadda «O‘zbektelekom” AK tarmog‘ida «Yagona oyna» tamoyili asosida ishlaydigan umumiy hisobda 163ta UZTELECOM sotuvlar ofisi mavjud.

Bundan tashqari, bu yil bir qator aksiyalar e’lon qilib, mijozlar bilan yaqinlashish imkoniyatiga ega bo‘ldik, jumladan:
— joriy yil may oyidan IPTV-Video on demand (VoD) qo‘shimcha xizmat tariflari kiritildi. Mazkur IPTV qo‘shimcha xizmati kino, serial yoki boshqa audiovizual asarlarni foydalanuvchi uchun qulay vaqtda tomosha qilishga buyurtma berish imkonini beradi;
— O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligini nishonlash doirasida har bir yangi ulangan abonent (jismoniy shaxs)ga 30 kun mobaynida 2200 Mb sovg‘a aksiyasi o‘tkazildi;
— shahar telefon liniyasiga bepul ulanish tashkl etildi;
— UZMOBILEdan aksiya o‘tkazildi. Ikkinchi ATEL Z600 statsionar apparatini sotib olgan abonent unga 50% chegirmaga ega bo‘ladi.

O‘tkazilgan aksiya asosida butun respublikadagi mijozlardan ijobiy fikrlar olindi. 2013-yilda 2012-yiga nisbatan abonentlik bazasi raqamlarining 195%, CDMA 450 standarti bo‘yicha mobil aloqasi, ADSL va FTTB Internet xizmatlari 164,5% o‘sganligini ko‘rish mumkin

Kelgusi yilda telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek, abonentlar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha katta rejalar belgilangan.

2014-yilda «O‘zbektelekom» AK loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi:

• «O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarida EVDO texnologiyalarini joriy etish bilan CDMA-450 mobil tarmog‘ini rivojlantirish». Ushbu loyiha bo‘yicha qo‘shimcha 201ta baza stansiyalarini o‘rnatish va mavjud 114ta stansiyalarni EVDO texnologiyasi bo‘yicha modernizatsiyalash va respublika aholi punktlarida qamrab olish zonasini 85 foizgacha oshirish rejalashtirilgan;
• «FTTx texnologiyasi bo‘yicha keng polosali ulanish optik tarmoqlarini rivojlantirish». Ushbu loyiha doirasida kompaniya abonent portlarini qo‘shimcha 110 000 portlarga oshirishni ko‘zda tutuvchi FTTx texnologiyasi bo‘yicha keng polosali ulanish optik tarmoqlarini rivojlangtirish bo‘yicha faoliyatini davom ettiradi;
• «Mаgistral tarmoqlarni O‘zbekiston Respublikasi tuman markazlarigacha kengaytirish va rezervlashtirish». Telekommunikatsiya tarmoqlari ishonchliligi va barqarorligi oishirish va uning o‘tkazish qobiliyatini 100 Gbit/s gacha oshirish maqsadlarida, loyihada «O‘zbektelekom» AK amaldagi transport tarmog‘ini to‘la rezervlashtirishni ta’minlash uchun DWDM/SDH/IP/MPLS, OTN texnologiyalari asosida ma’lumotlar uzatish tizimlarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi;

Fursatdan foydalanib, abonentlarimiz, jurnalxonlarimizni mamlakatimiz rahbari tashabbusiga muvofiq «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilingan – Yangi 2014-yil bilan tabriklaymiz!

Orphus system