Maktablarda zamonaviy AKT
26.12.2013
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

sc_26_11_2013

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xalqaro loyiha doirasida respublikadagi 694 ta umumta’lim maktabi zamonaviy o‘quv-kompyuter sinfi va interaktiv elektron doskasi jihozlandi.

Mustaqillik yillarida navqiron avlod ta’lim-tarbiyasi, ularning istiqbolini ko‘zlab olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi o‘laroq, yurtimiz ta’lim tizimi tubdan isloh etildi. Umumta‘lim maktablarining moddiy-texnik bazasi zamon talablari darajasiga ko‘tarilib, ta‘lim muassasalari yangicha qiyofa kasb etmoqda.

Ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida nufuzli xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar bilan hamkorlikda vazirlik huzurida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, vazirlik qoshidagi Jahon Banki kredit mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan “Maktab ta’limini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasining asosiy maqsadi ta’lim sifatini yanada yaxshilash, o‘qitish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, malaka oshirish tizimni takomillashtirish, umumta‘lim maktablar 5-9-sinflarini zamonaviy o‘quv-metodik material va resurslar bilan ta‘minlashdir.

sc_26_11_2013_1

Mazkur loyiha doirasida respublikamizning 1501 ta maktab 5-9-sinflari 68 nomdagi o‘quv-metodik material va resurslar komplektlari bilan ta’minlandi, shu jumladan, 12 tadan netbuk, bittadan “Epson EB-455 Wi” rusumli videoproektor, musiqa asboblari, laboratoriya jihozlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy hamda bolalar uchun ensiklopediyalar, turli xil lug‘atlar, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, tikish mashinalari va boshqa jixozlardir.

Qolaversa, “Maktab ta’limini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasi doirasida qo‘shimcha ravishda 694 komplekt o‘quv-kompyuter sinfi xarid qilinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida joylashgan 694ta qishloq maktabiga yetkazildi. Ushbu xarid qilingan o‘quv-kompyuter sinfi komplektiga «LCD monitor 65» — rusumli interaktiv elektron doska ham kiritilgan.

Ushbu loyiha doirasida 6 turdagi o‘quv modullar chop etilib, jami 165 nafar trener tayyorlandi. O‘z o‘rinda mazkur trenerlar yordamida kaskad usulida loyihaga kiritilgan ta’lim muassasalari rahbarlari, 2301 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, 52700 nafar umumta’lim o‘qituvchilarining malakasi oshirildi. Loyihaga kiritilgan 8 ta hududiy o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutidan 226 nafar professor-o‘qituvchi maktab bazasida malaka oshirish treninglarida ishtirok etishdi.

Ushbu treninglarda ta’lim muassasalari rahbarlari uchun boshqaruv ko‘nikmalari hamda o‘quvchi shaxsni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘qituvchi va tarbiyachilar esa o‘quvchi shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim va interfaol metodlar yo‘nalishlarida o‘qitildi.

Bugun Respublika ta’lim markazida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq ta’limi vazirligi xodimlari, Respublika Ta‘lim markazi mutaxassislari, “Maktab ta’limini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasi vakillari, Toshkent shahri va viloyatining fan metodistlari, o‘qituvchilar hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Tadbirda umumta’lim maktablariga yetkazib berilgan o‘quv kompyuter sinflari va boshqa elektron multimedia mahsulotlaridan yanada samarali foydalanishni tashkil etish masalalari muhokama qilinadi.

Qayd etish lozimki, Hozirda xalq ta’limi tizimida 9739 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, ulardan 8450 tasi (86,7%) kompyuter texnikasi bilan jihozlangan. Vazirlik tomonidan tizimga AKTni keng joriy etish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga ilg‘or pedtexnologiyalar asosida ishlab chiqilgan interfaol usullarni joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, vazirlik, xududiy boshqarmalar, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari o‘rtasida alohida korporativ tarmoq (VPN kanali) tashkil etish bo‘yicha O‘zbektelekom (Uznet) bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Seminarda ta’kidlanganidek, mavjud 9739 ta umumta’lim maktablari orasidan zamonaviy kompyuter texnikasi va uning qurilmalari bilan jihozlangan, tajribali informatika fani o‘qituvchilariga ega bo‘lgan 2467 ta tayanch maktablari tanlab olinib, ularda 2013 yil davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha fan o‘qituvchilari — 423 574 nafar muallimlarning ushbu yo‘nalish bo‘yicha malakasi oshirildi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida mutaxassisligi informatika fani o‘qituvchilari uchun 54 soat, boshqa predmet o‘qituvchilari uchun 20 soat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. 2013 yilda ham zamonaviy AKTdan foydalanish ko‘nikmalari bo‘yicha davom ettirilgan o‘quv kurslarida 128 ming nafardan ortiq o‘qituvchilar o‘z malakasini oshirib, tizimda 140 125 nafar (35,9%) pedagoglar zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘ldi.

Vazirlik tasarrufidagi Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi, Respublika ta’lim markazi va respublikadagi dasturiy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar bilan hamkorlikda “Alifbo saboqlari”, “Ertaklar olami”, “Alifbo”, “English in Pictures”, “Fizika virtual laboratoriya”, “Informatika 5-sinf”, “Islom obidalari”, “Kelajakka sarmoya”, “O‘zbekiston buyuk kelajak sari”, “Yuksak ma‘naviyat”, “Obuchenie po kompyuternim texnologiyam” kabi elektron resurslar ishlab chiqildi.

Manba

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq