Farhod Umarxodjayev, Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi boshlig‘i

gis_26_11_2013

Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi monitoringi bo‘limi faoliyatining dastlabki natijalari va istiqbol rejalari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qaroriga muvofiq yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Inspeksiya tomonidan 2013-yilning 1-dekabr oyiga qadar 21ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar kiritildi.

Joriy yil davomida Inspeksiya tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari veb-saytlarining amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi hamda interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati bo‘yicha doimiy monitoringlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga ma’lumotlar kiritildi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va ularni rivojlantirish holati yuzasidan monitoring va o‘rganish o‘tkazish samaradorligini oshirish maqsadida Inspeksiya, «UZINFOCOM» Markazi va «UNICON.UZ» DUKlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash bo‘yicha:

• «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha nazorat, monitoring va o‘rganish o‘tkazish yuzasidan hamkorlikda faoliyat yuritish»;
• «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida elektron raqamli imzo, E-XAT va E-hujjat axborot tizimlarini tatbiq etish va foydalanish, shuningdek, kalitlarni ro‘yxatga olish markazlari faoliyati bo‘yicha nazorat, monitoring va o‘rganish o‘tkazish yuzasidan hamkorlikda faoliyat yuritish» bo‘yicha vaqtinchalik reglament ishlab chiqildi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013-yil 16-maydagi 214-sonli farmoyishi bilan amalga kiritildi. Inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan monitoring, o‘rganish va nazorat ishlarining sifati va samaradorligini oshirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malaka va amaliy bilimlarini orttirish uchun Inspeksiya xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasi, veb-saytlarga qo‘yiladigan talablar, davlat organlari axborot tizimlari resurslari, interaktiv davlat xizmatlari va davlat organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash mavzularida «UZINFOCOM» markazi DUK va «UNICON.UZ» DUK mutaxassislari tomonidan tashkillashtirilgan hamda xorij mamlakatlarida tashkil etilgan o‘quv seminarlarida o‘z malakalarini oshirdi.

Yangi 2014-yilda quyidagi ishlar rejalashtirilgan: Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvalga asosan Inspeksiya tomonidan 2014-yilda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirish holati yuzasidan o‘rganish va tekshirishlar o‘tkazish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari veb-saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilishining doimiy monitoringini olib borish; «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajri-bani o‘rganish, bu sohada xorij mamlakatlari tomonidan amalga oshirilgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Inspeksiya xodimlarini «Elektron hukumat» tizimi jadal rivojlangan Janubiy Korea, Yaponiya kabi mamlakatlarga amaliy tajriba orttirish uchun xizmat safarlariga yuborish, xalqaro darajada o‘tkaziladigan konferensiyalarda doimiy ishtirokini ta’minlash; O‘zbekistonda «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha izchil amaliy ishlar olib borish asosiy maqsad qilib belgilangan.

Fursatdan foydalanib, Yangi 2014-yil bilan barchani muborakbod etamiz. Yangi yil hayotingizga yangi quvonchli sahifalarni taqdim etsin!

Orphus system