Ertaga 13 ta mintaqa uchun 13 ta “Spark” “Yoshlar” telekanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida o‘ynaladi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) 2013 yil 27 dekabr kuni “Yoshlar” televizion kanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida Mega Aksiyaning yakuniy o‘yinini o‘tkazadi. “Spark” avtomobilini yutib olish imkoniyati Mega Aksiyaning har bir ishtirokchisida bor.

“Ertaga Mega Aksiyaning 13 ta baxtli sovrindorlari aniqlanadi va ularning har biri Spark avtomobilining sohibiga aylanadilar, – voqeani sharhlaydi “Unitel” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Yakuniy o‘yinda yutib olish imkoniyati loyihaning har bir ishtirokchisida bor, va ertaga kimningdir Yangi Yilga shunday sovg’a olish niyati haqiqatga aylanadi”.

“Yoshlar” studiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir tugayotgan yilning oxirgi juma kunida soat 18:20, 20:40 va 22:30 ga rejalashtirilgan. 13 ta “Chevrolet Spark” avtomobili O‘zbekistonning 13 mintaqasining abonentlari orasida o‘ynaladi – har bir mintaqaga bittadan super sovrin.

Eslatib o‘tamiz, haftalik qimmatbaho va bonusli sovrinlar o‘yinida ishtirok etish uchun aloqa xizmatlariga haftasiga (dushanbadan yakshanbaga qadar) kamida bir marotaba $2 dan ortiq mablag‘ sarflagan holda “Beeline”ning faol abonenti bo‘lish lozim edi. “Status” seriyasi tarif rejalarining abonentlari Mega Aksiyada avtomatik tarzda ishtirok etadilar.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system