“Beeline” cheklanmagan tungi Interneti qish oxiriga qadar 2 barobar arzonlashdi
26.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Do It” cheklanmagan tungi Internet xizmatlari shartlarining yaxshilanganligi haqida xabar beradi. Endilikda kompaniya abonentlari atigi $1,5 evaziga soat 01:00 dan 09:00 gacha mobil Internetdan cheksiz foydalanishalri mumkin.
“Yangi yil sovg‘alari mavsumi davom etmoqda, shunday ekan, biz tungi cheklanmagan internet narxini bir yo‘la ikki barobar pasaytirishga qaror qildik: uch dollardan bir yarim dollargacha, – deydi “Unitel” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Ko‘plab “Beeline” abonentlari o‘z yaqinlarini Internet yordamida tabriklaydilar va endilikda ularda bayramlar arfasida buning uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar bor”.
Xizmat “Status” va “Zo‘r-Zo‘r MegaBit” seriyasidagi tariflardan tashqari hisob-kitob qilishning barcha oldindan to‘lov tizimidagi abonentlar uchun amal qiladi. “Do It” xizmatini yoqish uchun *100500# bepul kodini terish kifoya.
Aksiya 2014 yil 10 martga qadar amal qiladi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi