Yuguruvchilar uchun «aqlli» krossovkalar

Yugurish — eng keng tarqalgan sport turidir. U chidamlilikni oshiradi, yurak-qon-tomir tizimiga ijobiy ta’sir etadi, organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Biroq yugurishning noto‘g‘ri texnikasi jumladan, suyak chiqishi va pay cho‘zilishi kabi turli jarohatlarga sabab bo‘ladi.

yug_25_11_2013

Germaniyaning Fraungofer foton mikrotizimlar instituti (Fraunhofer Institute for Photonic Microsystems) tadqiqotchilari aqlli krossovkalar ishlab chiqarishdi, ular haqiqiy vaqt rejimida yuguruvchi shaxs qo‘llaydigan yugurish texnikasini baholay oladi. G‘aroyib poyabzal EU Project RUNSAFER tashabbuslari doirasida ishlab chiqilgan. Krossovkalar mikrokontroller, radiochastotali modul, GPS ixtisoslashtirilgan navigatsion tizimlar resiveri hamda bir necha akselerometrlar bilan mujassamlangan. Batareya quvvat manbasini akkumulyator batareyasi ta’minlaydi. Tizim biomexanik ko‘rsatkichlarni aniqlaydi va qayd etadi hamda ma’lumotlarni simsiz Bluetooth aloqasi vositasida smartfonga uzatadi.

Olingan ma’lumot hamkorlikdagi ilovalarda tahlil etilib, shundan keyin yuguruvchiga harakat texnikasini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar beradi. Ma’lumotlar Internetga uzatilib, ilgarigi olingan natijalar bilan solishtirilishi va mashqlar dasturini optimallashtirishda foydalanilishi ham mumkin. Ishlab chiqaruvchilar an’anaviy fitnes-trekerlar inson hayoti uchun zarur bo‘lgan: yurak qisqarishi chastotasi, nafas olish ritmi, tana harorati kabi faqat bazaviy axborotlarni jamlagan bo‘lsa, aqlli krossovkalar tovonning noto‘g‘ri holati, assimmetrik yuklama, o‘ta charchash holatini ham hisobga oladi. Agar hamma ishlari rejadagidek borsa, 2015-yilda bozorda yangi sport anjomi, ya’ni aqlli poyabzal taqdim etiladi.

Manba: http://www.gizmag.com

Orphus system