Smarty Ring: «aqlli» uzuk smart-soatga raqobatchi sifatida

smart_25_11_2013

Ayrim ekspertlarning tanqidiga qaramay, ko‘tarib yuriladigan kompyuter qurilmalari juda tez rivojlanmoqda. Bugungi kunda foydalanuvchilar o‘rtasida smart-soatlar juda mashhur. Bunday soatlarni taqishni xohlamaydiganlar uchun juda qiziqarli Smarty Ring deb nomlangan gadjet taqdim etildi.

Ehtimol anglagandirsiz, gap barmoqqa taqiladigan, oddiy uzuk ko‘rinishidagi elektron qurilma haqida bormoqda. Mazkur yangilik smartfonga qo‘shimcha hisoblanadi. U Bluetooth simsiz aloqasini ta’minlaydi va cho‘ntakdan telefonni olmasdan turib: qo‘ng‘iroqlar, xabarlar haqida xabarnoma olishga imkon beradi. «aqlli» uzukni sozlashni smartfondan mobil ilova yordamida o‘zgartirish mumkin. Shuningdek, Smarty Ring vaqtni ifoda eta oladi, undan taymer yoki smartfonni izlashda foydalanish mumkin. Agar foydalanuvchi telefonidan bir necha metrga uzoqlashsa, uzuk bu haqda signal beradi. Bu esa qurilmani yo‘qotib qo‘yish holatidan saqlaydi.

smart_25_11_2013_1

Smarty Ring zanglamas po‘latdan ishlangan va 24 soat uzluksiz ishni ta’minlay oladigan akkumulyator bilan jihozlangan. Android va iOS boshqaruvi ostidagi qurilmalar bilan ishlay olishi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, Bluetooth 4.0.moduli ham kerak.

Yangilik hozirda faqat Indiegogo (Kickstarter) resursi foydalanuvchilari tomonidan moliyalashtirilishini kutayotgan loyiha sifatida taqdim etildi. Bugungi kunda zarur bo‘lgan mablag‘ $40 mingdan $6,5 ming jamlangan. Mablag‘ni jamlash yaqin vaqtda yakunlanadi. Eslatib o‘tamiz, Gartner analitiklari fikriga ko‘ra, smart-soatlar uzoq istiqboldagina yuqori darajada ommaviylashishi mumkin.

Orphus system