Sichqoncha 45 yoshda!
25.12.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

mouse_25_11_2013

Hozirgi davrda dastlabki kompyuter sichqonchasi yog‘ochdan ishlanganligini ko‘pchilik yoshlar bilmasa kerak. Bugungi kunda birorta ham foydalanuvchi o‘z ishini mazkur qurilmasiz tezkor amalga oshirishni tasavvur ham etolmaydigan, shaxsiy kompyuter orqali boshqariladigan, jahonda birinchi sichqonchaning taqdimoti 1968-yil 9-dekabr kuni Kaliforniya (AQSH)da o‘tkazilgandi.

Mazkur qurilma patentini ixtirochi Duglas Engelbart (Douglas Engelbart) 1970-yilda olishga muyassar bo‘lgan. O‘sha davrda bu qurilma kattagina yog‘och bo‘lagidan ishlangan bo‘lib, ikki g‘ildirak va uchta tugmachaga ega edi. Hujjatda: «Mazkur ixtiro vizual displeylar tizimiga taalluqli bo‘lib, avvalo tanlab olingan joylardagi tasvirni o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi», — deb ko‘rsatilgan.

Jamlanmasiga sichqoncha kiritilgan dastlabki kompyuter Xerox 8010 Star Information System bo‘lgan 1981-yilda taqdim etilgan. Xerox kompaniyasining sichqonchasining narxi 400 AQSH dollarini tashkil etgan. Bu esa hozirgi davrdagi bahoda 1000 dollar qiymatiga to‘g‘ri kelardi. 1983-yilda Apple kompaniyasi tomonidan o‘zining xususiy Lisa kompyuteri uchun bir tugmachali sichqonchani ishlab chiqdi va uning bahosini $25ga tushirishga erishildi. Apple Macintosh va keyinroq IBM SHK uchun Windows OT kompyuterlarida foydalanilishi evaziga sichqoncha keng ommalashdi.

Hozirgi davrda bozorda sichqonchalarning juda ko‘p: simli, simsiz, geometrik jihatdan korpusi, og‘irligining o‘zgartirilgan shakllari, ko‘plab sonli tugmachali, o‘yinchoqsifat va sensorli panelli… va boshqa turlari taqdim etilgan. Eng sodda modellarining bahosi bor-yog‘i bir necha dollar etib belgilangan bo‘lib, qachonlardir qimmatbaho hisoblangan qurilmaning narxi bir necha yuzlab darajada arzon turadi. Aytgandek, ixtirochi Duglas Engelbart o‘tgan yoz faslida, 88 yoshida olamdan o‘tdi. Uning ixtirosi kompyuter foydalanuvchilari uchun eng zarur qurilma bo‘lib, undan xotira sifatida xizmat qilmoqda.

www.3dnews.ru materiallaridan olindi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq