Qanday vattlar haqiqiy hisoblanadi?

Kuchaytirgichlar chiqish quvvatini va kolonkalar quvvatini o‘lchashda qo‘llaniladigan standartlarning ko‘p xilligi har kimni ham dovdiratib qo‘yishi mumkin. Misol uchun, nufuzli firmaning har bir kanalga 35 vattli blokli kuchaytirgichi va arzongina 1000 vt nakleykali musiqa markazi. Mana shunday solishtirishlar xaridorlarni taajjubga soladi. Bunday vaziyatda standartlarga murojaat etishning ayni vaqti…

Rossiyada quvvat ikki — nominal va sinusoidal parametrlaridan foydalaniladi. Bu akustik tizimlar nomlarida hamda dinamiklar ifodalarida o‘z aksini topdi. Agar ilgari asosan nominal kuchlanishdan foydalanilgan bo‘lsa, hozirda — sinusoidaldan foydalaniladi. Misol uchun, 35 AS oqibatda s 90 (nominal quvvati 35 vt, sinusoidal quvvati 90 vt) ifodasiga ega bo‘ldi.

vat_25_11_2013

Nominal quvvati — Kuchaytirgich ovoz balandligini o‘zgartirish o‘rtacha holatidagi quvvat bo‘lib, bunda qurilmaning boshqa parametrlari texnik ko‘rsatmalarda berilganlarga mos bo‘ladi.

Sinusoidal quvvat — kuchaytirgich yoki kolonka fizik zarar ko‘rmasdan haqiqiy musiqa signali bilan uzoq vaqt davomida ishlay oladigan quvvati. Odatda nominaldan 2–3 marta yuqori.

G‘arb standartlari ancha kengroq qoidaga muvofiq, DIN, RMS va PMPO’dan foydalaniladi.

DIN — taxminan sinusoidal kuchga to‘g‘ri keladi — kuchaytirgich yoki kolonka uzoq vaqt mobaynida, «pushti shovqin» signali bilan hech qanday shikastsiz ishlaydi.

RMS (Rated Maxmum Sinusoidal) — Maksimal (eng yuqori) sinusoidal kuch — kuchaytirgich yoki kolonka bir soat vaqt mobaynida, real musiqiy signal bilan hech qanday shikastsiz ishlaydigan quvvatdir. Odatda DIN’dan 20-25 foizga yuqori darajada, kuchaytirgich yoki kolonka bir soat vaqt mobaynida ishlaydigan quvvatdir.

PMPO (Peek Music Power Output) — Musiqiy kuch (juda yuqori :-)) — kolonka dinamikalari 1–2 soniya mobaynida, past chastotali signal (200 Gtsga yaqin)ga chidash beradi. Odatda DIN 10–20 marta yuqori quvvatdir. Odatda, mashhur g‘arb ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlari quvvatini dinlarda, musiqa markazlari va kompyuter kolonkalari ishlab chiqaruvchilari RMRO’larda ko‘rsatadilar.

100 W (PMPO) = 2 x 3 W (DIN)

Kolonkalar qarshiligi haqida unutmaslik kerak. Bozorda asosan 4, 6, 8 Om, kamdan-kam 2 va 16 Om qarshilikka mos kolonkalar taqdim etiladi. Kuchaytirgich quvvati turli qarshilikka ega kolonkalarga ulanishi bilan farqlanadi. Kuchaytirgich instruksiyasida odatda qanday kolonkalar qarshiligiga yoki turli qarshilikka ega kolonkalar kuchiga muvofiqligi ko‘rsatiladi. Agar kuchaytirgich turli qarshilikka ega kolonkalarda ishlashi mumkin bo‘lsa, unda qarshilikka ega quvvati ortib boradi. Agar kuchaytirgich uchun ko‘rsatilgandan past qarshilikka ega kolonkalardan foydalansangiz, bu qizib ketishga va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin, agar yuqorisidan foydalansangiz, unda ko‘rsatilgan quvvatga erisha olinmaydi. Albatta, akustika ovozi blandligiga faqat kuchaytirgichning chiqish quvvatigina emas, balki kolonkalarning sezuvchanligi ham ta’sir ko‘rsatadi. Asosiysi, quvvat — shunchaki bir ko‘rsatkich, yaxshi tovush uchun asos emasligini unutmaslik zarur.

www.cxem.net materiallari asosida tayyorlandi.

Orphus system