Keyingi yilda Nike yangi aqlli soatlarni chiqaradi

nike_25_11_2013

Nike kompaniyasi o‘z hisobida aqlli soatlar ikki modeli — Nike+Sportwatch va Fuelband SE’ni ishlab chiqdi. Tayvanlik yetkazib beruvchilar vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, Nike mazkur yo‘nalishni keng rivojlantirib, 2014-yilda navbatdagi modelni taqdim etishni rejalashtirgan. Hozirgi vaqtda mazkur qurilma Flextronics International kompaniyasi ishlab chiqargan dastlabki qaldirg‘och mahsulotdir. Hozirda Nike jahon bozoriga 30% aqlli sport anjomlarini taqdim etadi. Shu munosabat bilan kompaniya Adidas va boshqa raqobatchilaridan ancha ustun hisoblanadi.

Adidas kompaniyasi o‘zining dastlabki aqlli soatlarini yaqinda — oktabr oyining ikkinchi yarmidan chiqara boshladi. miCoach Smart Run qurilmasi yugurishni yoqtiradiganlar buyumi sifatida taqdim etildi. Soat mobil qurilmalari va iOS, Android va Windows bilan boshqariladigan kompyuter vositasida birga foydalanishga mo‘ljallangan. Mahsulot narxi — $399. Taqqoslash uchun: yuqorida tilga olingan Fuelband SE modeli faqat iOS bilan qo‘llab-quvvatlanadi. Narxi $149 turadi. Tayvanning Mitac International kompaniyasi miCoachning jamlovchisi hisoblanadi. Digitimes Research analitiklari taxminiga ko‘ra 2016-yilda aqlli soatlar savdosi hajmi 4,15 mln. donaga yetadi. Mazkur qurilmalarning o‘rtacha narxi o‘sha davrda $100ga tushishi mumkin.

Manba: www.digitimes.com

Orphus system