Internet sababli kam ishlaymiz va uxlaymiz

AQSH milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosining aniqlashicha, 2003–2011 yillarda internet amerikaliklar mehnati hamda hayotining sifatiga ta’sir etib, American Time Use Survey tadqiqoti natijasidagi ko‘rsatkichlarga ijobiy baho berib bo‘lmaydi.

Birinchidan, tadqiqotda aniqlanishicha, odamlar ko‘p vaqtini Internetda o‘tkazadi. Biroq bu faollik boshqa hayotiy faollikning o‘rniga paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Internetda o‘tkazilgan 1 daqiqa vaqtdan o‘rtacha 0,29 daqiqani ko‘ngilochar mashg‘ulotlarning oflayn turlari oladi. Taxminan «yo‘qotilgan» vaqtning yarmi televideniye va radio, 0,05 daqiqasi — boshqalar bilan jonli muloqotga, 0,04 daqiqasi esa — fikrlash va dam olishga sarf bo‘ladi.

Internetda sarflangan vaqt nafaqat aqlga, balki mehnat samarasiga ham salbiy ta’sir etadi. 1 daqiqa onlayn muloqot insondan 0,27 daqiqa ish vaqtini, 0,12 daqiqa uyqu, 0,10 daqiqa sayohat, 0,07 daqiqa uy ishi, 0,06 daqiqa o‘qish mashg‘ulotlari vaqtini o‘g‘irlaydi. Tabiiyki, «yo‘qotilgan» vaqtning bir qismini onlaynda rag‘batlantirish mumkin — bu muloqot orqali ishlash ham, o‘qish ham mumkin. Ayrim faolliklar: misol uchun, hech qachon Internet uyquning, o‘rnini bosa olmaydi.

AQSH milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosi hisoboti internetning iqtisodiy o‘sish omili deb bergan bahosi ilgari so‘zsiz qabul qilingan bo‘lsa, hozirda shubha ostida qolmoqda. Mualliflar Jahon tarmog‘ining iqtisodiy samarasini yuqori baholab yuborilgan deb hisoblamoqdalar.

Orphus system