“Barcha uchun ovozli pochta”servisi orqali Qoraqalpog‘iston va Xorazm abonentlari yaqinlarini tabriklashlari mumkin
25.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “Barcha uchun ovozli pochta” servisining faoliyati ko‘lamini kengaytirdi. Endilikda u Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi G‘arbiy hududiy filial abonentlari uchun amal qiladi.

Ilk bor 20 noyabr kuni poytaxt, shuningdek Toshkent va Sirdaryo viloyati abonentlari uchun ishga tushirilgan “Barcha uchun ovozli pochta” bironta ham muhim xabarni, hatto abonent band bo‘lganida va qo‘ng‘iroqqa javob bera olmaganida ham o‘tkazib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uning yordamida qo‘ng‘iroq qilayotgan “Beeline” abonenti o‘zining ovozli xabarini qoldirishi mumkin.

Servis maxsus ulanishni talab qilmaydi, tarif rejasiga kiritilgan bo‘lib, chaqirilayotgan abonent beshinchi gudokdan keyin javob bermaganida avtomatik tarzda ishlaydi. “Barcha uchun ovozli pochta”, shuningdek abonent to‘loviga ega emas va xabarni eshitayotgan abonent uchun tarifikatsiyalanmaydi. 0700 bepul raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda, mijoz unga qoldirilgan ovozli xabarni eshitishi mumkin. Ovozli xabarni tovush signalidan so‘ng qoldirish mumkin. Xabarning bahosi — $0,03.

beeline_25_11_2013

Eslatib o‘tamiz, beshinchi chaqiruv gudogidan so‘ng ikki til – o‘zbek va rus tilida axborot xabari boshlanadi, xabar yozish jarayonini boshlovchi servis haqidagi axborot va tovush signali orasidagi to‘xtam 3 soniyani tashkil qiladi. Bu ovozli pochtadan foydalanishni istamagan paytda chaqiruvni o‘z vaqtida o‘chirish imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir istovchi servisni *610# USSD-kodi yordamida o‘chirishi mumkin. Bundan so‘ng abonentga kiruvchi qo‘ng‘iroqlar, servisni joriy qilgungacha bo‘lgani kabi, oltinchi gudokdan so‘ng uziladi.

Servisni qayta yoqish kodi *610*1# Batafsil ma’lumot — www.beeline.uz da.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq