Аlgoritm Vikipediya maqolalarining sifatini baholaydi
25.12.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Keyingi vaqtlarda Vikipediya muharrirlar tomonidan ayrim muammolarga duch kelmoqda. Mana bir necha oydan buyon o‘z ixtiyori bilan ko‘maklashayotgan muharrir-xodimlar soni kamayib bormoqda. Bu qisman tabiiy sabablarga bog‘liq: ko‘plab ensiklopediyalarning maqolalari juda yuqori sifatlidir. Barcha qiziqarli ishlar ilgaridan bajarib qo‘yilgan, odamlar uchun alohida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan soha qolmagandek tuyuladi. Faqat zerikarli mavzular, masalan, olimlarning tarjimai holi yoki Sahroi Kabirda aholi yashaydigan maskanlarni ta’riflashgina qolgan xolos.

alg_25_11_2013

Bu holatda faqat maqolalar sifatini yaxshilashgina birinchi o‘ringa chiqadi. Mazkur vazifani amalga oshirishda muharrirlarga yangi kompyuter algoritmi yordam beradi va har bir maqolaga tuzatishlar kiritilganligini hisobga olib, ularga aniq baho bera oladi. Muharrirlar tomonidan kiritilgan har bir tuzatish va unga sarflangan vaqt hisobga olinadi.

Vikipediya muharrirlari ma’lumotlar bazasi wiki-network va WikiTrust dasturlari yordamida tuzilgan. Ular har bir muharrir mavqei va matnning bir qismini baholash imkoniga ega. Savodsizlik ta’sirini bartaraf etish uchun algoritm barcha anonim tuzatishlarni e’tiborga olmaydi. Algoritm Dublin universiteti kolleji tadqiqotlari (Irlandiya) asosida ishlab chiqilgan.

Manba: www.xakep.ru

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq