“Odnoklassniki.ru” estrada yulduzlari va “Beeline Uzbekistan”ga mukofotlarni topshirdi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ining “Eng ommalashgan mobil operatori-2013” nominatsiyasida maxsus sovg‘aning egasiga aylandi. Kompaniya ushbu oliy mukofotga yaqinda nashr qilingan reyting yakunlariga ko‘ra sazovor bo‘ldi. Unda “Beeline Uzbekistan” guruhi “Odnoklassnikida” 500 000 ta obunachisi bilan yuqori qatorni egallagan.

odn_24_11_2013

20 dekabr kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalining sahnasida “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ining vakillari milliy estrada yulduzlariga mukofotlarni topshirdilar. OK haykalchalari Davron G‘oipov, Mansur Toshmatov, “Sahro” guruhi va “Sado” guruhining solisti Akbarga berildi. “Unitel” bosh direktori Andrey Safronyukni telekom-operatorlar orasidagi yetakchilik uchun “Klass!” maxsus sovg‘asi bilan mukofotlash marosimning kulminatsion nuqtasiga aylandi.

odn_24_11_2013_1

“Yaqinda Moskvada biz reper Snoop Dog, Timati va Fedor Bondarchuk, shuningdek boshqa yulduzlarga o‘z haykalchalarimizni topshirgan edik, shunday ekan, o‘zbek ijrochilari “Odnoklassniki”dan berilgan “Oskar”ning eng birinchi sohiblaridan biriga aylandilar, – dedi “Odnoklassniki.ru” marketing bo‘yicha mutaxassisi Olga Rogova. – 1-raqamli mobil operatoriga aylangan “Beeline Uzbekistan” – nafaqat hamkorimiz, balki yaxshi do‘stimiz ekanligi ham bizga alohida quvonch bag‘ishlaydi. Sahifaning yarim million foydalanuvchilari – bu O‘zbekistonda nafaqat “Beeline”ning, balki “Odnoklassniki”ning ham ommalashganligining isboti”.

odn_24_11_2013_2

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, “Beeline Uzbekistan” butun “Odnoklassniki.ru” tarmog‘idagi eng ommalashgan mobil operatorlari sahifalari ro‘yxatida eng yaqin raqobatchidan ikki martta o‘zgan holda, da’dil yetakchilik qilib kelmoqda.

odn_24_11_2013_3

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Yangi 2014 yilda biz O‘zbekistondagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Mamlakatimizning millionlab aholisi “Odnoklassniki.ru”dan foydalanadilar va tez kunlarda biz ularni hamkorlikda ishlangan noyob takliflar bilan xursand qilamiz. “Odnoklassniki”ga bozorimizga bo‘lgan e’tibori va “Beeline” faoliyatini yuqori baholagani uchun rahmat”.

odn_24_11_2013_4

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system