Jurnalistlar uchun “Aloqada bo‘l-2013” ijodiy tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi
24.12.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) va “infoCOM.UZ” jurnalining tahririyati aloqa va telekommunikatsiya sohasi haqidagi eng yaxshi jurnalistlik ishi uchun o‘tkazilgan “Aloqada bo‘l-2013” tanlovining yakunlarini sarhisob qildilar. “Aloqada bo‘l-2013” tanloviga ishlar 2013 yil 23 sentabrdan 10 dekabrga qadar (shu kun ham kirgan) qabul qilingan va ushbu vaqt mobaynida pr@beeline.uz elektron manziliga O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi OAV dan yuzlab arizalar keldib tushgan.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Mana ikki yildirki, biz OAVni O‘zbekiston telekom-industriyasini yoritish uchun jalb qilish maqsadida “Aloqada bo‘l” tanlovini o‘tkazmoqdamiz. Joriy yilda axborot mavzusi va yetkazib berish turlari shu qadar keng ediki, oqibatda eng yaxshi ishlarni tanlash oson kechmadi. Uchta sovrindordan tashqari boshqa laureatlarni ham taqdirlashga qaror qilindi va ularni chin qalbimizdan tabriklaymiz”.
Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini tabriklash marosimi 20 dekabr kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida o‘tkazildi. Beshta ishtirokchiga esdalik haykalchalari, g‘oliblik diplomi, shuningdek qimmatbaho sovg‘alar: “Samsung GALAXY Note 10.1” plansheti (I o‘rin), “Samsung GALAXY S III Mini” smartfoni (II o‘rin), “Samsung GALAXY Ace II” smartfoni (III o‘rin) va 3G-modemlari berildi.
“Uzreport” axborot agentligi O‘zbekistonda e-sportni rivojlanishi haqidagi telereportajlar majmui uchun “Aloqada bo‘l!” tanlovining g‘olibi, deb tan olindi. Ikkinchi o‘rinni “Uzdaily.uz” saytining direktori Anvar Umarov mamlakat telekom-sohasining taraqqiyoti to‘g‘risidagi maqolalar seriyasi uchun egalladi. Uchinchi o‘rin “Toshkent Haqiqati” gazetasining muxbiri Xurshida Tursunbaevaga berildi, Araksiya Manucharova (“Poytaxt” radiosi) va Sergey Savchuk-Kurbanovlar (“Silkway.uz”) esa tanlov laureatlariga aylandilar.
Manba: kompaniya press-relizi