“Beeline” Mega Aksiyaning oxirgi yetti millionerlarini aniqladi
23.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) kompaniyaning amaldagi va yangi abonentlari uchun bo‘lgan Mega Aksiyaning navbatdagi yakunlarini sarhisob qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 27 dekabrda ularning har biri Bosh sovrin – 13 ta “Chevrolet Spark” avtomobillaridan birining egasiga aylanishi mumkin.

20 dekabr kuni soat 20:00 da FM 101 “O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining jonli efirida qo‘shiqchi Yagona ishtirokida “Beeline” Mega Aksiyasining o‘yinini yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan haftada (dushanba 9 dan yakshanba 15 dekabrga qadar) aloqaga bo‘lgan xarajatlari $2 dan ko‘p sarflagan barcha abonentlar ishtirok etdilar. “Status” seriyasi tarif rejalarining abonentlari Mega aksiyada avtomatik tarzda ishtirok etadilar. FM 101 to‘lqinidagi jonli efir natijalari bo‘yicha beshta viloyatdan yetti kishi million sovrinini qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblarni ismlari:
(ХХ) Х26 97 15 Safrukulova Nazokat — Surxondaryo
(ХХ) Х55 69 68 Kasumov Vugar — Toshkent
(ХХ) Х57 44 78 Suyunov Doston — Samarqand
(ХХ) Х97 78 33 Rahmanov Abdullo — Namangan
(ХХ) Х37 03 81 Urinboeva Hurshida — Toshkent
(ХХ) Х26 74 60 Alibekov Raimkul — Toshkent
(ХХ) Х34 06 05 Muminov Hotamjon — Farg‘ona

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq