Mega aksiyaning navbatdagi millionlari bugun “O‘zbegim Taronasi” radio efirida o‘ynaladi

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) 20 dekabr juma kuni FM 101 “O‘zbegim Taronasi” radiostansiyasining jonli efirida bo‘lib o‘tuvchi Mega aksiyaning oltinchi o‘yini haqida xabar beradi. G‘oliblar oshkora ravishda radio tinglovchilarining tasodifiy tanlashi orqali aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, qimmatbaho va bonusli sovrinlarning haftalik o‘yinida ishtirok etish uchun, aloqa xizmatlariga haftasiga (dushanbadan jumaga qadar) kamida bir marotaba $2 sarflagan holda “Beeline”ning faol abonenti bo‘lish lozim. “Status” seriyasining tarif rejalarining abonentlari Mega aksiyada avtomatik tarzda ishtirok etadilar.

Bosh sovrin – 13 ta “Chevrolet Spark” avtomobili 2013 yil 27 dekabr kuni jonli televizion efirda bir marotaba bo‘lsa-da oldingi har kunlik million so‘m hamda bonusli sovrinlarning o‘yinlarida ishtirok etgan va g‘olibni aniqlash vaqtida faol bo‘lgan barcha abonentlar o‘rtasida o‘ynaladi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system