13 ta mintaqa uchun 13 ta “Chevrolet Spark” avtomobili “Yoshlar” telekanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida o‘ynaladi
20.12.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” MCHJ QK) 2013 yil 27 dekabr kuni “Yoshlar” televizion kanalining to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida Mega Aksiyaning yakuniy o‘yinini o‘tkazadi. “Spark” avtomobilini yutib olish imkoniyati Mega Aksiyaning har bir ishtirokchisida bor.
“Mega Aksiya final bosqichga chiqmoqda va tez kunlarda 2013 yilning o‘n uchta g‘olibi yangi avtomobillarning sohibiga aylanadilar, – voqeani sharhlaydi “Unitel” tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Yakuniy o‘yinda ishtirok etish imkoniyati ilgaridagidek “Beeline”ning har bir abonentida bor, bundan tashqari: loyihamizning farqli tomoni shundaki, barcha ishtirokchilarda g‘olib bo‘lish imkoniyati mutlaqo bir xil”.
“Yoshlar” studiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir tugayotgan yilning oxirgi juma kunida soat 18:20, 20:40 va 22:30 ga rejalashtirilgan. 13 ta “Chevrolet Spark” avtomobili O‘zbekistonning 13 mintaqasining abonentlari orasida o‘ynaladi – har bir mintaqaga bittadan super sovrin.
Eslatib o‘tamiz, haftalik qimmatbaho va bonusli sovrinlar o‘yinida ishtirok etish uchun aloqa xizmatlariga haftasiga (dushanbadan yakshanbaga qadar) kamida bir marotaba $2 dan ortiq mablag‘ sarflagan holda “Beeline”ning faol abonenti bo‘lish lozim. “Status” seriyasining tarif rejalarining abonentlari Mega Aksiyada avtomatik tarzda ishtirok etadilar.
Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.
Manba: kompaniya press-relizi