ZiyoNET portaliga yana to‘rtta milliy rivojlantiruvchi qiziqarli o‘yinlar qo‘shildi

ziyo_18_12_2013

ZiyoNET tarmog‘i resurs markazi mamlakatimizning Cron Forge kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘quvchilar va ularning ota-onalariga quvonch ulashishda davom etmoqda. Yaqindagina yangi o‘yinlar yaratilgani haqida xabar bergan edik — mana yana to‘rtta qiziqarli o‘yinlar taqdim etilganligini ma’lum qilishdan g‘oyat xursandmiz. Barcha o‘yinlar o‘zbek va rus tilidagi versiyasiga ega. Yangiliklarning qisqacha sharhini taqdim etamiz.

ziyo_18_12_2013_1

Birinchi o‘yin: «Jahon xalqlari liboslari». Milliy liboslardagi insonlar tasvirlangan suratga qarab, ular qaysi mamlakatda yashashlarini topish kerak. Bu hali hammasi emas, suratda har bir mamlakat davlat bayrog‘i ham aks ettirilgan. Milliy libos inson qaysi mamlakatdan bo‘lsa, o‘sha mamlakat davlat bayrog‘ini tanlash lozim, ya’ni o‘yin yordamida nafaqat xalqlar milliy liboslari, balki turli mamlakatlar bayroqlarini ham o‘rganish mumkin! Avval o‘yinni boshlash qiyin bo‘ladi… biroq asta-sekin o‘yin o‘ziga jalb etadi, bayroqlarni eslab qolish, liboslar bilan tanishish va uning kimga tegishli ekanligini xotirada saqlash osonlashadi.

ziyo_18_12_2013_2

Boshlovchilar uchun yo‘riqnoma mavjud: sichqoncha kursorini bayroqqa yo‘naltirishingiz bilan mamlakat nomi paydo bo‘ladi. Yana bir sir: menyudagi «Arxiv» bo‘limiga o‘tishingiz bilan har bir mamlakatga oid liboslar bilan tanishish mumkin. Biroq buni o‘yin jarayonida ham, boshlanishi yoki oralig‘ida ham qayta-qayta amalga oshirish mumkin. Bir soatdan so‘ng mamlakatlar davlat bayroqlari va liboslari bo‘yicha mutaxassisga aylanib qolishingiz mumkin.

ziyo_18_12_2013_3

Ikkinchi o‘yin — «Maqollar». Ekranda mashhur maqollar hamda ularga javoblarning to‘rt variantidan birini tanlash va o‘yinni davom ettirish imkoniyati beriladi. Agar ikkilansangiz, yo‘riqnomadan foydalanish hamda bir, ikki, uch javobni olib tashlash mumkin, biroq yo‘riqnomadan foydalanish jamlanadigan ochkolar sonini kamaytiradi. Mazkur o‘yin ona tili ishqibozlari hamda adabiy tilni o‘rganuvchilar uchun juda foydalidir.

ziyo_18_12_2013_4

Mazkur o‘yin boshqalari kabi o‘zbek va rus tilida taklif etiladi.

Uchinchi o‘yin «Topishmoq» — oddiy, biroq o‘ziga jalb etuvchi o‘yindir. Unda topishmoq matni va to‘rtta javob varianti berilgan. Bundan tashqari, yo‘riqnomalar ham mavjud, javoblar orasidan bir, ikki, uchta noto‘g‘risini olib tashlash mumkin.

ziyo_18_12_2013_5

Kattalar o‘ynab ko‘ring, bolalar topishmoqlarini topishga qiynalishingizga ishonch hosil qilasiz.

ziyo_18_12_2013_6

To‘rtinchi vazifa shaxmatchilar va mantiqiy hamda fazoviy boshqotirmalar ishqibozlari uchun mo‘ljallangan. O‘yin maqsadi: «Ot» sipohi yordamida shaxmat maydonining barcha kataklarida faqat bir marta o‘tishdan iborat. O‘yin boshlanishi oldidan 3*4 dan 20*20 gacha doska o‘lchamini tanlab olish mumkin.

Maydonda piyodalar mavjudligi va yurish amalga oshirilmayotgan holat mag‘lublik deb hisoblanadi. Keyingi yurishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan maydon yashil rangda nurli ifodalanadi.

ziyo_18_12_2013_7

Juda ajoyib o‘yin, taassurot va ijodiy tafakkurni rivojlantiradi. O‘yin yordamida sinflar, maktablar yoki talabalar o‘rtasida musobaqalar yoki o‘yinlar bo‘yicha kubok o‘tkazish mumkin.

ziyo_18_12_2013_8

Barcha o‘yinlarda ham o‘yindan chiqish tugmasi mavjud emas, chunki o‘yin davrida o‘ng tomonda o‘yin menyusi va yuqorida esa ZiyoNET portali menyusi doim turadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlardan ID.uzda ro‘yxatdan o‘tib, foydalanilsa, o‘yin natijalari xotirada saqlab qolinadi va o‘yinchilar reytingida ishtirok etish imkoniyatini beradi. Reyting g‘oliblarini taqdirlash rejalashtirilgan. Hozirgi davrgacha portalda jami 429 o‘yin, ulardan 396tasi chet tillarini o‘rganishga oid o‘yinlardir.

«Milliy dasturchilar o‘yinlari» bo‘linmasi hozirning o‘zidayoq 20ta o‘yindan iborat bo‘lib, ularning soni muntazam o‘sib bormoqda. ZiyoNET portali bilan birga o‘ynang, rivojlaning va ko‘ngil oching.

Barcha o‘yinlarni ZiyoNET portali bosh menyusi orqali xohlaganingizni «O‘yinlar» punktidan tanlab, o‘ynash mumkin.

Orphus system