Yil natijasiga ko‘ra Huawei 55 mln. donadan ortiq smartfon yetkazib berishi mumkin
16.12.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Huawei_16_12_2013

Huawei kompaniyasining smartfonlar bozorida ishlari joyida: Strategy Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, firma jahonda «aqlli telefonlar» yetkazib berish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi, yangi yilga qadar esa Huawei 55 mln. donadan ortiq qurilmani virtual do‘konlarga jo‘natishi zarur. Manba tomonidan berilgan mazkur ma’lumotlar Huawei savdo bo‘yicha vitse-prezidenti Shao Yang so‘zlariga tayangan holda taqdim etildi.

Huawei smartfonlarini yetkazib berish hozirga qadar 35 mln.ni tashkil etdi, Huawei yangi yilgacha yana 20 mln. «aqlli telefonlarni» hamkorlariga yetkazib berishni mo‘ljallagan. Shunisi qiziqki, kompaniya yil boshida 60 mln. dona smartfonni yetkazishni rejalashtirgan edi, vitse-prezident tilga olgan miqdordagi reja Huawei tomonidan bajarilish arafasida.

Shao Yang ma’lumotlariga ko‘ra, Huawei smartfonlari savdosi Lotin Amerikasida 150 foizga o‘sib bormoqda. Yanada barqaror savdo o‘sish ko‘rsatkichi Yaponiyada (+50%), G‘arbiy Yevropada (+40%) va Yaqin Sharqda (+40%) namoyon bo‘lmoqda. Huawei uchun o‘z vatanida o‘sish faqat 8 foizni tashkil etdi.

Huawei marketingi bo‘yicha vitse-prezidentini boshqa jarayon — Ascend D2 va Ascend P6 kabi qurilmalarga talabning o‘sishi quvontirmoqda. Huawei smartfonlari mazkur ikki modelini yetkazib berish 16 foizni tashkil etadi. Shao Yang ma’lumotiga qaraganda, Ascend P6 juda yaxshi sotilmoqda — yaqin orada u 10 mln. donaga yetadi.

Manba: www.Sina.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq