Yaponiya mutaxassislari smartfonda ishlaydigan ICMe tonometrini kashf etdilar

icm_16_12_2013

Manba ma’lumot berishicha, Nixon universiteti mutaxassislari odatiy manjetsiz ham ishlovchi, arterial qon bosimini o‘lchaydigan mitti (tanometr) asbobini yaratdilar. Qurilmani smartfondan foydalanish vaqtida ham ishga solish mumkin.

Ishlab chiqarilishi haqida batavsil ma’lumotlar hozircha berilmagan, biroq yorug‘lik signali ta’sirida qon bosimi tahlil etilishi haqida ma’lumot berilgan. Bosimni o‘lchash uchun ichida signalni qayta ishlovchi, qurilmaning yorug‘lik svetodiodli, fototranzistori ustiga barmoqni qo‘yish lozim. Smartfonga Bluetooth 4.0 interfeysi orqali ulaniladi. O‘lchov natijasi OS Android uchun ilovali smartfon ekranida ifodalanadi. Dastur o‘rtacha va bir zumdalik sistolik va diastolik bosim ko‘rsatkichlarini, yurak qisqarishi chastotasi va puls to‘lqini shaklini ifoda etadi. Ishlab chiqaruvchilar savdoga 2014-yilda chiqarishni rejalashtirganlar.

Manba: http://techon.nikkeibp.co.jp

Orphus system