SmartPlane — smartfon orqali boshqariladigan jahonda birinchi o‘yinchoq samolyot

plane_16_12_2013

Germaniyaning TobyRich kompaniyasi smartfon orqali boshqariladigan, SmartPlane o‘yinchog‘iga gadjetlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Samolyot ko‘piksimon polipropilendan yasalgan bo‘lib, shu boisdan ham yengildir, biroq juda ham mustahkam. Dvigatel va propelleri tumshug‘iga o‘rnatilgan bo‘lib, har qanday zarbada ham himoya eta oladi. Har ehtimolga qarshi jamlanmada qo‘shimcha propelleri mavjud.

Litiy-polimerli akkumulyator ham juda yengil bo‘lib, u bor-yog‘i 1 grammni tashkil etadi. Uning quvvati juda tez uchganda 5 daqiqaga yoki odatiy rejimda yarim soatga yetadi. Akkumulyatorning qayta quvvat olishi 15 daqiqadan so‘ng microUSB kabeli orqali amalga oshiriladi. SmartPlane iOS-gadjetga Bluetooth Smart orqali ulanadi, bunda uning harakatlanish radiusi 60 metrni tashkil etadi. Samolyotni bir vaqtda faqat bir qurilmaga ulash mumkin. Ulangani haqida LED-lampochkasi yonishi bilan guvohlik beradi.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga qaraganda, o‘yinchoq past tezlikda uchgani sababli bino ichkarisida ham o‘ynash mumkin. SmartPlane 69 yevroga baholangan, unga ilovalarni esa App Storedan bepul saqlab olish mumkin.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system