Rasm chizish uchun Circuit Scriber sharikli ruchkasi
16.12.2013
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Illinoys universiteti olimlari bir zumda oddiy qog‘ozga rasm chiza oladigan Circuit Scribe sharikli ruchkasini kashf etdilar. Asosida kumush bo‘lgan maxsus siyohdan foydalanish maket platasidan voz kechish imkonini beradi — sxematik maketni tezgina prototipga aylantirish mumkin.
Boshqa shunday siyohlarga nisbatan alohida farqli holda, Circuit Scribe tez quriydi va surkalib ketmaydi. Loyiha kommersializatsiyasini amalga oshiruvchi Electroninks Incorporated kompaniyasi ham tayyor qurilmani yig‘ish maqsadida elektron qismlar jamlanmasi bilan shug‘ullanmoqda. Qismlar magnit bilan jihozlangan bo‘lib, tayyor prototipni muzlatkich eshigiga, po‘lat yuzi yoki boshqa magnitga o‘rnatish mumkin.
Circuit Scribe ruchkasi 20 dollar etib baholangan, o‘ndan 90 dollargacha turli individual jamlanmalarga qo‘shimcha haq to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, maktab sinflari uchun jamlanmalar ham mavjud. Qurilma kelasi yil bozorlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Manba: http://www.kickstarter.com/projects/electroninks/circuit-scribe-draw-circuits-instantly