Ota-onalar bolalariga konsollar o‘rniga planshet sotib olishni ma’qul bilmoqdalar

konsol_16_12_2013

PBS Kids tomonidan 2 yoshdan 10 yoshgacha farzandlari bo‘lgan ming nafar ota-ona o‘rtasida amalga oshirilgan yangi so‘rovlarga muvofiq, ularning yarmidan ko‘pi yangi yil bayramlariga bolalariga sovg‘a sifatida elektronikani xarid qilish niyatida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aniqrog‘i, 54% ota-onalar farzandlariga qandaydir elektronikani sovg‘a qilmoqchilar, 18 dan 34 yoshgacha bo‘lgan yosh ota-onalar o‘rtasida bu — 59 foizni tashkil etadi.

O‘yinli konsollar atrofidagi barcha shov-shuvlarga qaramay — Sony PS4 va Microsoft Xbox One — planshetlari va smartfonlari rejalashtirilgan o‘yinli konsollariga nisbatan ustunlik qilmoqda: 28% so‘ralganlar planshetni afzal bilmoqdalar, 8% — smartfonlarni, 18% — o‘yinli konsollar hamda 14% — portativ o‘yinli yechimlarni ma’qul ko‘rmoqdalar.

Bunda 10 nafar ota-onadan 7 nafari o‘z farzandlariga mobil ilovalarni sotib olganlari yoki olishni maqsad qilganlarini ma’lum qildilar, ulardan 60 foizi bolalari bilan birga xarid qilganlarini, 33 foizi tanlovni mustaqil amalga oshirganlari, faqat 7 foizigina mobil ilovalarni bolalarining o‘zlari tanlashlariga ruxsat berganlarini aytdilar.

Shuni ta’kidlash zarurki, mobil ilovalar tanlovini amalga oshirishda uning ta’limiy tomoniga e’tibor qaratganlar. Tanlovdagi ilovalarning ta’sirli omillari orasida (77%) so‘ralganlar ta’limiy kontentni, ikkinchi o‘rinda uning bahosini (56%), uchinchi o‘rinda tanish qahramonlar mavjudligi (45%), to‘rtinchi o‘rinda reklama yo‘qligi (34%), beshinchi o‘rinda ko‘plab o‘yin va bosqichlar mavjudligi, nihoyat oltinchi o‘rinda ishlab chiqaruvchilarga e’tiboran (27%) tanlovni amalga oshirishlarini ma’lum qilganlar.

Aytgandek, telekommunikatsiyalar sektori sohasidagi Ofcom Britaniya mustaqil boshqaruvchisi o‘tkazgan tahliliy tadqiqotida barcha yoshdagi bolalar uchun — video, o‘yin va Internetdan foydalanishda planshetlar birinchi raqamli qurilma bo‘lib qolganligi bayon etilgan.

Manba: www.3Dnews.ru

Orphus system