LG: 2018-yilda botiq displeyli smartfon apparatlari bozorning 40 foizini egallaydi

lg_16_12_2013

Jahonda dastlabki botiq displeyli smartfon apparatlari ayrimlarga g‘alati tuyulgan bo‘lsada, LG kompaniyasi mazkur formfaktor kelajakda juda ommaviylashadi deb hisoblamoqda.

Hozirgi davrda jahonda yagona apparat sifatida egik ekranli LG G Flex va Samsung Galaxy Round hisoblanadi. Birinchi qurilma paneli gorizontal o‘qi bo‘yicha botiq bo‘lib, ikkinchisi — vertikal o‘qi bo‘yicha botiqdir. Video va o‘yinlar bilan ishlaganda panelning botiq shakli tasvirdan ko‘proq taassurot olish imkonini berishi ta’kidlanmoqda, ya’ni tasvirni tabiiyroq qilib namoyish etadi. Bundan tashqari, tasvir konturlari yanada yaqqol ifodaladi.

LG 2015-yilda ekrani u yoki bu ko‘rinishda botiq apparatli global smartfonlar bozorida 12%, 2018-yilda esa — 40 foizgachani tashkil etadi. Bundan tashqari, deformatsiyangan korpusli qurilmalar ham chiqariladi.

Aslida, G Flex modeli hozirning o‘zidayoq egik shaklga kiritish imkoniga ega. LG testdan o‘tkazilganda, 40 kg og‘irlikka ega apparat ilovasi yuza shaklga ega bo‘lib, keyin dastlabki holatga qaytarila oladi. Smartfon bunday transformatsiyaga yuz marta chidash beradi.

LG kompaniyasida G Flexning paydo bo‘lishi smartfonlar tarixining boshlanishidir deb ta’kidlamoqdalar. Janubiy Koreya kompaniyasi rejasiga asosan to‘liq elastik elektron apparatlar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Yaqin orada mubolag‘asiz, trubka shaklida burab qo‘yish mumkin bo‘ladigan qurilmalar paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Manba: www.lg.com

Orphus system